Jeon Boram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeon Bo-ram
전보람
Tavalludi
Jeon Bo-ram

22-mart 1986-yil (1986-03-22) (38 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Onasi Lee Mi-young

Jeon Bo-ram (1986-yil 22-martda tugʻilgan)[1], Boram nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U dastlab yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan, 2008-yilda toʻrtta singl chiqargan, 2009-yilda T-ara qizlar guruhi aʼzosi boʻlgan. Guruh barcha davrlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlar guruhlaridan biriga aylangan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boram T-aradagi debyutidan oldin 4 ta singldan iborat ikkita yakkaxon albom chiqargan. Uning debyut raqamli „Is It Today“ singli 2008-yil 15-aprelda „Lucifer Project Vol 1. 愛“ nomli bir albomda chiqqan[3]. 2008-yil 14-noyabrda u boshqa ikkita singl bilan birga oʻzining "„From Memory“ nomli ikkinchi raqamli singlini chiqargan[4].

Boramning „My Name“ nomli BoA qoʻshigʻiga raqs tushayotgani aks etgan videoklipni tomosha qilgandan soʻng, Core Contents Media kompaniyasi bosh direktori Boram bilan bogʻlangan. 2009-yil oʻrtalarida Boram T-ara guruhiga qoʻshilgan birinchi aʼzo boʻlib, ikki aʼzo, Jiae va Jiwon guruhni tark etgan.

2010-yil dekabr oyida u otasi bilan birga „I Really Really Like You“ musiqiy filmda ishtirok etgan.

2017-yil 6-mart kuni MBK Entertainment (ilgari Core Contents Media nomi bilan tanilgan) Boram va Soyeon shartnomalarini uzaytirmaslikka qaror qilgandan soʻng, T-ara olti aʼzolik guruh sifatida soʻnggi albomini may oyida chiqarishini eʼlon qilgan va boshqa aʼzolar 2017-yil 31-dekabrgacha leyblda qolgan[5]. 7-may kuni MBK Entertainment guruhning rejalari oʻzgarganini va albom chiqqandan keyin guruh tarqalib ketishini va yakuniy albom 2017-yilning iyun oyida chiqishiga koʻchirilganini va Boram va Soyeonning shartnoma muddati tugaganligi sababli albomda ishtirok etmasligini maʼlum qilgan[6]. 8-may kuni T-araning olti aʼzolikdagi soʻnggi chiqishi 13-may kuni Tayvandagi konsertida boʻlishi eʼlon qilingan[7][8]. 2019-yil sentyabr oyida Boram onasi bilan birga MBN telekanalining „Modern Family“ filmida rol ijro etgan. Bu uzoq vaqtdan beri birinchi marta omma oldida chiqish edi. U 2019-yilda „Shall we thatʼs“ deb nomlangan yoshlar dramasida ham suratga tushgan[9].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Singl
2008 Is It Today Lucifer Project Vol 1. 愛
After That From Memory
2013 Maybe Maybe Bunny Style!

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Havl.
2002 The Romantic President Kameo [10]
2010 Death Bell 2: Bloody Camp Ji-ae [11]
2011 Gisaeng Ryung [12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jeon Bo-ram (전보람, Korean actress, singer, model, model for commercials)“. HanCinema. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  2. Nannar, Nina. „Ten best selling girl groups of all time“. ITV News (9-may 2017-yil). Qaraldi: 9-aprel 2018-yil.
  3. Jeon BoRam (Artist). „Jeon BoRam – Lucifer Project Vol 1. Love – Amazon.com.com Music“ (2-fevral 2011-yil). Qaraldi: 9-iyun 2017-yil.
  4. „Music: From Memory (CD) by Jeon BoRam“. Tower.com (2-fevral 2011-yil). Qaraldi: 9-iyun 2017-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. „M.entertain.naver.com“ (ko). M.entertain.naver.com (29-avgust 2016-yil). Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  6. „티아라 "완전체 15일 끝+4인 활동+보람·소연 응원"(공식)“. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  7. „티아라 측 "대만 콘서트서 완전체로 무대 펼칠 예정"(공식입장)“. 네이트뉴스. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  8. „[단독 티아라 소연·보람, 대만 콘서트서 마지막 인사 "완전체 활동 끝"“]. 네이트뉴스. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  9. „T-ara Jeon Boram Returns with New Drama 'Shall We that's'“ (27-noyabr 2019-yil).
  10. „The Romantic President Cast (Korean Movie – 2002) – 피아노 치는 대통령“. HanCinema. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  11. „Death Bell 2: Bloody Camp Cast (Korean Movie – 2010) – 고死 두 번째 이야기 : 교생실습“. HanCinema. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  12. „Ghastly - Cast (Korean Movie, 2011, 기생령)“ (en). HanCinema. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.