Jean Harlow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean Harlow
Tavalludi
Harlean Harlow Carpenter

3-mart 1911-yil
Vafoti 7-iyun 1937-yil(1937-06-07)
(26 yoshda)
Los Angeles, Kaliforniya, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1928-1937
Turmush oʻrtogʻi
Charles McGrew
(turm. 1927; ajr. 1929)

Paul Bern
(turm. 1932; ajr. 1932)

Harold Rosson
(turm. 1933; ajr. 1934)
Onasi Jean Harlow

Jean Harlow (Harlean Harlow Carpenter, talaffuzi: „Xarlin Xarlou Karpenter“, 1911-yil 3-mart — 1937-yil 7-iyun) — amerikalik aktrisa. „Yomon qiz“ qahramonlarini tasvirlashi bilan tanilgan. 1930-yillarning boshlarida yetakchi timsol va Amerika kinosining Kodeksgacha boʻlgan davrini belgilovchi shaxslardan biri edi. Koʻpincha „Blonde Bombshell“ va „The Platinum Blonde“ laqablarini olgan Harlow oʻzining „Femme Fatale“ ekrandagi obrazi bilan mashhur edi. Harlow kino sanoatida bor-yoʻgʻi toʻqqiz yil ishladi, lekin u Gollivudning eng yirik kino yulduzlaridan biriga aylandi. Uning obroʻsi omma oldida saqlanib qoldi. 1999-yilda Amerika Kino Instituti Harlowni klassik Gollivud kinolari roʻyxatidagi eng katta ayol ekran afsonalari 22-oʻringa qoʻydi[1].

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlow Harlean Kanzas-Sitida tugʻilgan[2].

U duradgor Mont Clair (1877-1974) va Diannaning qizi sifatida tugʻilgan. Ular ishchi sinfidan edi[3]. Onasi boy koʻchmas mulk vositachisi Skip Harlow va uning rafiqasi Ella Harlowing qizi boʻlgan.

Harlow onasi bilan 1934-yilda

Nikoh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlow maktabning birinchi-yilida yuqori sinfdagi „katta opa“ bilan bogʻlanib, uni katta boylik merosxoʻri boʻlgan 19 yoshli Charles „Chuck“ Fremont Makgryu III bilan tanishtirdi. 1926-yilning kuziga kelib, Harlean va Chuck jiddiy munosabatda boʻlishdi va ular 1927-yilda turmush qurishdi[4].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Los-Anjelesda yashayotganida Harlean Rosallie Roy ismli yosh izlanuvchan aktrisa bilan doʻstlashdi. Rosalliening mashinasi boʻlmagani uchun Harleandan uchrashuv uchun uni Fox Studiosga olib borishini soʻradi. Rosallieni kutayotganda, Harleanni Fox rahbarlari payqab qolishdi va unga qiziqmasligini aytdi. Shunga qaramay, unga Markaziy kastingga kirish maktublari berildi. Kastingga borib, onasining qizlik ismi Jean Harlow bilan kirgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. American Film Institute (2006-yil 1-iyun). „'AFI's 100 Years ... 100 Cheers: America's Most Inspiring Movies,' to Be Broadcast Wednesday, June 14 on the CBS Television Network“. Press-reliz.
  2. Flynn, Jane. Kansas City Women of Independent Minds. Kansas City, MO: Fifield Publishing, 1992 — 77 bet. ISBN 978-0-9633-7580-3. 2022-yil 15-mayda qaraldi. 
  3. Golden 1991.
  4. 4,0 4,1 Stenn 1993.