Jbeyna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jbeyna (malt. Ġbejna, pl. h. malt. ġbejniet) — echki yoki qoʻy suti, tuz va shirdondan tayyorlangan Malta pishlogʻining milliy turi. Gozo oroli Malta Respublikasining pishloq yetishtiruvchi hududi hisoblanadi. Pishloqning „Ġbejna“ nomi Yevropa Ittifoqida himoyalangan mintaqaviy nomdir.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq pasterizatsiya qilingan va qilinmagan qoʻy yoki echki sutidan tayyorlanadi. Pishloq avvallari maxsus qamishdan yasalgan qoliplarda tayyorlangan boʻlsa, hozirda plastik idishlarda tayyorlanadi va yelvizakda quritiladi. Jbeynaning uchta asosiy turi mavjud: yangi (malt. ġbejniet friski), quritilgan (malt. ġbejniet moxxi) va qalampirli (malt. ġbejniet tal-bżar). Yangi pishloq zardobda saqlanadi hamda taʼmi va tuzilishi jihatidan italyan mozzarellasiga juda oʻxshaydi. Quritilgan pishloq muskat yongʻogʻi hidi bilan achchiq taʼmga ega. Tuzlangan qora qalampirli pishloq odatda zaytun moyi yoki maxsus marinad ichida saqlanadi va pishloq qancha uzoq tursa, uning taʼmi achchiqroq va oʻtkirroq boʻladi.

Malta oshxonasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jbeyna pishlogʻi qaylalar tayyorlashda taʼm beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U Malta milliy taomlarining biri — „beva shoʻrva“ (malt. soppa tal-armla) tarkibida ham bor va undan Malta noni hobz biz-zeit (malt. ħobż biż-żejt) ichiga solinadi. Ushbu pishloq koʻpincha spagetti bilan birga tortiladi va pitsa tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]