Jazoir Sahroi shevasi, sahravi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi (arabcha: الجمهورية الجزائرية الديمقراطية الشعبية, Al-Jumhuriyatu l-Jazoiriyatu d-Dimuqrotiyatu sh-Shaʼbiya) — Afrikaning shim,-gʻarbidagi davlat, Magʻrib mamlakatlaridan biri. BMT aʼzosi Mayd. 2381,7 ming km2. Aholisi — 37,9 mln. kishi (2013). Poytaxti — Jazoir shahri. Jazoir hududi maʼmuriy jihatdan 47 viloya (viloyat) va Katta Jazoir poytaxt okrugiga boʻlinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir hududidan topilgan quyi va oʻrta paleolit davriga mansub tosh qurollar bu yerda 300—400 ming yil ilgari ibtidoiy odamlar yashaganidan dalolat beradi. Mil. av. 12-asrda finikiyaliklarning birinchi manzilgohlari paydo boʻlgan. Mil. av. 3-asrda Jazoir hududida vujudga kelgan Numidiya davlatida shaharlar qurilgan, dehqonchilik rivojlangan. Keyinchalik u Rimning bir viloyatiga aylanib qolgan (mil. av. 46 yil).

Rimliklar hukmronligi vaqtida lotin tili, 2-asrdan xristian dini tarqaldi. 5-asrda Jazoir hududini vandamar, 6-asrda vizantiyaliklar egallagan. 7-asrda Jazoir Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Barbarlar islom dinini qabul qildi. 8-asrga kelib, Magʻribda bir necha sultonliklar Arab xalifaligidan ajralib chiqdi. Bulardan eng yirigi xorijiylar imomatlpgp edi. Keyinchalik bu yerda fotimiylar, ziyoriylar, hammodiylar davlati vujudga keldi. 11-asrda ikki yirik arab qabilasi (Banu Hilol va Banu Sulaymon)ning Jazoirga kirib kelishi arablashtirishni tezlashtirdi. Mamlakatning gʻarbiy qismida Al-Murobitun, keyinchalik Al-Muvahhidun davlati paydo boʻldi.

16-asr boshlarida Jazoirning qirgʻoqboʻyi shaharlarini ispanlar bosib oldi. Jazoir zamindorlari mamlakatni himoya qilishda „dengiz qaroqchilari“ deb nom chikargan aka-uka Barbarossaaan yordam surashdi. Lekin Xayruddin Barbarossa (1519—46 yillar xukmronlik qilgan) harbiy tartib oʻrnatib, oʻzini turk sultonining noibi deb eʼlon qildi. 16-asrning 2-yarmida Jazoir Usmonli turk saltanatining qirolligi (viloyati)ga aylantirildi. Yuqori tabaqa vakillari tomonidan saylangan dey (yoʻlboshchi) Bobo Ali turklarga boj toʻlamay, mustaqil boʻlib oldi (1711). Yevropa davlatlari Jazoir mustaqilligini tan olib, u bilan shartnoma tuza boshladilar. Lekin fransuzlar dey armiyasini yengib (1830), mamlakat poytaxti — Jazoirni egalladi. Mamlakat ichkarisida amir Abdulkrdir boshchiligidagi kabilalar fransuzlarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Lekin bu harakat bostirildi. Fransiya hukumati yevropaliklarga Jazoir yerlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Mamlakatda yevropalik ishchilar, xizmatchilar va ziyolilar soni orta boshladi. Ammo mahalliy aholining siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va yevropaliklar tuzgan tashkilotlarga aʼzo boʻlishi man qilingan edi. 20-asr boshlarida yosh jazoirliklar harakati boshlandi. Bu harakat qatnashchilari jazoirliklarga Fransiya fuqarolarining siyosiy huquqlari berilishini talab qildilar. Birinchi jahon urushi yillarida jazoirliklar Fransiya armiyasiga safarbar qilindi, bu esa mahalliy aholi noroziligini yanada kuchaytirdi. Mustamlakachilar hukumati ozodlik harakati tazyiqi ostida ayrim jazoirliklarga (sarmoyador, mansabdor va yer egalariga) oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovda ishtirok etishlariga rozilik berdi (1919). 1926-yil Fransiyadagi jazoirlik ishchilarning koʻpchiligi „Shimoliy Afrika yulduzi“ nomli milliy inqilobiy tashkilotga birlashdi. Lekin bu tashkilot 1929-yildan Parijda, 1936-yildan J.da yashirin ishlashga majbur boʻldi. 1931-yil tuzilgan Ulamolar uyushmasi madaniyat va taʼlimning arab tilida olib borilishini talab qilib chiqdi. Natijada mahalliy aholi birmuncha siyosiy erkinliklarga, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish huquqiga ega boʻldi. Siyosiy tashkilotlar J.ni tinch yoʻl bilan demokratlashtirish tarafdorlari tashkiloti — Musulmonlar Kongressi (1936-yil tuzilgan)ga birlashdi. Ammo Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan mamlakatda reaksiya kuchayib, bir necha partiyalar faoliyati taqiqlab qoʻyildi. Mamlakatda ishsizlar tobora koʻpaydi. Bu esa mustamlaka tuzumiga karshi norozilikni yanada kuchaytirdi. 1947-yil Jazoirning togʻli joylarida partizan otryadlari (fidoyilar) paydo boʻldi. 1954-yil martda „Birlikda harakat qilish inqilobiy qoʻmitasi“ tuzilib, keyinchalik u Milliy ozodlik fronti (MOF)ga aylantirildi. MOF sekin-asta qurolli qoʻzgʻolonga tayyorlandi. 1954-yil 1-noyabr da qoʻzgʻolon boshlandi. Fransiya hukumati qoʻzgʻolonni bostirish uchun J.dagi armiyasining sonini koʻpaytirdi. Jazoir Milliy ozodlik armiyasi (JMOA, 1954-yil tuzilgan) barcha vatanparvarlar bilan birlashib, mustamlakachilarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. 1958-yilda JMOA rahbarlari bilan Marokash va Tunis hukmron partiyalari vakillari ishtirokida Tanjer va Tunis shaharlaridagi anjumanda tuzilgan Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumatini Osiyo va Afrikaning koʻpgina davlatlari tan oldi. J.dagi milliy ozodlik kurashini bostira olmagan Fransiya xukumati yon berishga majbur boʻddi. 1962-yil 18-martda Evian sh.da tuzilgan shartnomaga muvofiq urush harakatlari toʻxtatilib, Fransiya Jazoirdan oʻz armiyasini, Sahroi Kabirdan harbiy bazalarini olib ketdi. 1962-yil oʻtkazilgan saylovda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Respublikaning birinchi hukumatini Axmad Bin Bella boshqardi.

1963-yil avgust konstitutsiyasiga binoan prezidentlik va yakka partiyalik tizimi joriy qilinib, Ahmad Bin Bella prezident deb eʼlon qilindi. Shundan soʻng teskarichi kuchlar qoʻzgʻolon uyushtirdi va bu qoʻzgʻolon vaqti-vaqti bilan 1965-yilgacha davom etdi.

Agrar islohot oʻtkazilishining choʻzilib ketishi, mamlakatda ishsizlik koʻpligi natijasida aholi oʻrtasida hukumatga qarshi norozilik paydo boʻldi. 1965-yil 19-iyunda armiya Bin Bellani hokimiyatdan chetlatdi. Hokimiyat Inqilobiy Kengash qoʻliga oʻtdi va Xuari Bumiddin rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Inqilobiy Kengash Amerikaning neft trestlari ustidan nazorat oʻrnatdi (1967), Fransiyaning 12 bankidan 11 tasini (1968) va chet el (asosan Fransiya) sanoat kompaniyalarini davlat ixtiyoriga oldi. 1979-yildan buyen prezident lavozimini egallab kelgan Sh. Binjadid 1992-yilda isteʼfoga chiqdi. 1995-yil 16-noyabrda oʻtkazilgan saylovda Liamin Zerual, 1999-yil 15-aprelda oʻtkazilgan saylovda Abdulaziz Buteflika prezident etib saylandi.

Jazoir — 1962-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 30-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-noyabr — Inqilob kuni (1954).

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir — sanoati (xususan kon sanoati) nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 37,7 %, qishloq xoʻjaligining ulushi — 14,9 %. Jazoir Afrika mamlakatlari ichida tabiiy gaz chiqarish, uzum yetishtirish va vino tayyorlashda, neft qazib olish, bugʻdoy, arpa yetishtirish va zaytun moyi tayyorlashda, sitrus mevalari yetishtirishda yetakchi oʻrinda turadi. Jazoir mustaqillikka erishgandan soʻng iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish yoʻliga oʻtdi. Iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqeni egallaydi (yalpi ichki mahsulotning salkam 80 %). Ammo davlat korxonalarining aksariyati oʻz quvvatining 40—50 % atrofida ishlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatida xususiy sarmoya ustun — 70— 90 %, qurilishda 60 %, xizmat koʻrsatish, ulgurji va chakana savdoda 80 % gacha.

Sanoatda neft (yiliga oʻrtacha 35 mln. tonna), gaz (163 mlrd. m3), temir rudasi, fosfat va rangli metallar qazib olish va ularni qayta ishlash yetakchi tarmoqlarga aylangan. Temir va qoʻrgʻoshin rux rudalari, toshkoʻmir, birmuncha miqdor mis rudasi ham qazib olinadi. Bir yidda 17,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoati metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, ayniqsa vinochilik, tamaki, konserva sanoati, zaytun yogʻi ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik, metall ishlash korxonalari bor.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, sholi, javdar, makkajoʻxori va b. don ekinlari ekiladi. Ammo tabiiy sharoitlari gʻoyat qulay boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjaligi mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining atigi ʻ/3 qismini taʼminlaydi. Yiliga donli ekinlar hosili 4—5 mln. tonnani tashkil etadi. J.da sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi. Vohalarda tokzor, zaytunzor va xurmozorlar bor. J.da qoramol (1,5 mln.ga yaqin), qoʻy (15 mln.), echki, tuya boqiladi. Baliqchilik rivojlangan. Poʻkakbop dub poʻstlogʻi, eng yaxshi nav qogʻoz ishlab chiqarishda ishlatiladigan alfa oʻti (dunyoda 1-oʻrin) terib olish yoʻlga qoʻyilgan. 1980-yillar oxiridan mamlakatda xoʻjalikni bozor iqtisodiyoti iziga koʻchirishga kirishiddi. Islohot doirasida davlat xoʻjaliklarining mustaqilligi kengaytirildi, ularning bir kismi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiy kishilar qoʻliga berildi. Xorijiy sarmoyani faol jalb etish siyosati olib borildi. Agrar islohat oʻtkazilishi natijasida sotsialistik tipdagi davlat xoʻjaliklari tarqatib yuborildi va ular oʻrnida 22 mingga yaqin mayda koperativlar tuzildi. Yerlarning bir qismi yakkahol dehqonlarga topshirildi. Transportida temir yoʻl muhimahamiyatga ega (4,3 ming km, shundan 240 km elektrlashtirilgan). Asosiy temir yoʻl magistrali Ujda (Marokash) — Vahron — Jazoir — Qusantina — Gardimav (Tunis). Avtomobil yoʻllarining uz. 88 ming km. Asosiy magistral sohil boʻylab ketgan. Neft va gaz quvurlari bor. Dengiz transporti tashki savdo uchun xizmat qiladi. Muhim dengiz portlari: Jazoir, Vahron, Annoba, Bajoiya, Arzev. Havo transporti rivojlangan. 31 ta aerodrom bor. Xalqaro ahamiyatga ega aeroportlari Jazoir, Annoba va Vahron shaharlarida.

Jazoir chetga neft, gaz, vino, sitrus mahsulotlari, tamaki, poʻkak, qogʻoz va b. chiqaradi. Chetdan mashinalar, sanoat uskunalari, oziq-ovqat (don, sut, goʻsht), kiyim-kechak va b. keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya. Pul birligi — dinor.

Sogʻliqni saqlash. 1974-yildan mamlakatda bepul tibbiy xizmat joriy etilgan. 40 mingdan ortiq oʻrinli 200 ga yaqin kasalxona va tibbiy muassasa bor. Mamlakatda 7,6 ming shifokor ishlaydi. Shifokor va dorishunoslar Jazoir universitetida tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlarni 20 tibbiyot maktabi yetishtirib chiqaradi. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida, sogʻliqni saqlash, gigiyena, tropik oftalmologiya, stomatologiya ilmiy tadqiqot institutlarida tibbiyotga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. Jazoir mustaqillikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy oʻquv yurtlari, 700 ta hunar-texnika taʼlimi markazlari bor. Mamlakatdagi umumtaʼlim maktablarida 260 mingdan ortiq oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 200 ming talaba taʼlim oladi. Eng yirik kutubxonasi — Jazoir sh.dagi Milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari — Jazoir Milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalar Jazoir sh.da. Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, Paster instituti (parazitologiya va mikrobiol.), gigiyena, traxoma va tropik oftalmologiya, stomatologiya institutlari shugullanadi. Veterinariya, vinochilik texnologiyasi, chigirtkaga qarshi kurash muammolari Milliy agronomiya institutida oʻrganiladi. I. t.larni rivojlantirish va kadrlar tayerlashda Jazoir universiteti va uning Vahron hamda Qusantinadagi filiallari yetakchi rol oʻynaydi. Turli soha mutaxassislari Jazoir sh.dagi maxsus maktablar (politexnika, pedagog, jurnalistika, savdo va b.)da tayyorlanadi.

Matbuoti, radio eshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: „Al-Mujohid“ („Kurashchi“, 1963-yildan arab tilida va 1965-yildan fransuz tilida chiqadigan gaz.), „Ash-Shaab“ („Xalq“, 1962-yildan arab tilida chiqadigan gaz.), „Revolyuson afriken“(„Afrika inqilobi“, 1963-yildan fransuz tilida chiqadigan jurnal), „Revolyuson e travay“ („Inqilob va mehnat“, 1963-yildan fransuz va arab tilida chiqadigan oylik jurnal), „Aljeri—aktyualite“ („Jazoir — soʻnggi xabarlar“, 1965-yildan fransuz tilida chiqadigan gaz.), „Al-Jumhuriya“ („Respublika“, 1963-yildan arab tilida chikadigan gaz.,), „Jurnal ofisyel de la Repyublik Aljeryen Demokratik e Popyuler“ („Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining rasmiy gazetasi“, 1962-yildan fransuz va arab tillarida chiqadi). Jazoir rasmiy axborot agentligi — Aljeri PressServis 1961-yilda tuzilgan. Jazoir radiotelevideniyesi 1962-yildan ishlaydi. Radioeshittiruv arab, kabil, fransuz tillarida, telekoʻrsatuv arab va fransuz tillarida olib boriladi. Adabiyoti arab, kabil va fransuz tillarida. Arab va kabil tillaridagi adabiyot ispan va turk mustamlakachilariga karshi kurash davri (16— 18-asrlar)da yuzaga kelgan. 19-asr adabiyotida J.da millatlarning shakllanishi va fransuz mustamlakachilariga tobe boʻlib qolish jarayoni aks etdi. Xalq ogʻzaki ijodi rivojlandi. 20-asrda mustamlakachilarni fosh etuvchi asarlar paydo boʻldi. „Xalqning diniy sheʼriyat xazinasi“ toʻplami arab tilida birinchi bor nashr etildi (1928). Arab soʻzlashuv tilining Jazoir lahjasida yaratilgan hamda tabaqachilik sarqitlari va mustamlakachilikni qoralovchi drama asarlari, novellalar katta muvaffaqiyat qozondi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida xotin-qizlar erkini himoya qilish Ahmad Rido-Huxuning „Makkalik qiz“ romanida, Jazoir xalqining kelajak uchun olib borayotgan qahramonona kurashi Mustafo al-Ashraf va Abdulloh Naqliy dramalarida oʻz ifodasini topdi. Mufdi Zakariya yozgan milliy madhiya (1958) inqilobiy ruh bilan sugʻorilgan.

Fransuz tilidagi adabiyot 20-asrning 20-yillarida shakllandi. U dastlab turmushning turli koʻrinishlarini, Ikkinchi jahon urushi arafasida va undan keyin mahalliy xalq ongining oʻsib borishini aks ettirdi. 50—60-yillarda Jazoir vatanparvarlarining fransuz qamoqxonalarida azob chekishini koʻrsatuvchi asarlar yaratildi (Mezian Nuriddinning „Gangrena“, Anri Allegning „Asirlikdagi jangchilar“ va b.). 1963-yil Jazoir Yozuvchilar uyushmasi tuzildi, 1964-yildan „Novombr“ („Noyabr“) adabiy jurnal chiqa boshladi.

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir xalqining qadimgi oʻyinlari, diniy marosimlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. Birinchi Jazoir teatr truppasi (arab tilida) 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan. Uning asoschisi — 100 dan ortiq pyesa yozgan dramaturg, aktyor va rejissyor R. Ksentini. Uning „Bu-Borma“, „Istanbuldagi amakim“, „Zed-Alex“ va b. pyesalari mashhur. Ksentinining izdoshi B. Muhiddinning „Xoinlar“, „Xushomadgoʻylar qabilasi“ pyesalarida ozodlik gʻoyalari koʻtarildi. Muhiddin truppasi A. Nakli, Molyer, Sofokl va Ibsenlarning asarlarini sahnalashtirdi. Koʻp aktyorlar Milliydemokratik inqilob (1954)da qatnashdilar va keyinchalik chet el (Tunis)ga oʻtib ketishga majbur boʻldilar. Ular Tunisda badiiy dasta tuzdilar. Mamlakat mustaqillikka erishgach, 1962-yilda shu dasta asosida aktyor va rejissyor M. Kotib boshchiligida Jazoir milliy teatri tashkil etildi.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy kinematografiya Milliy-demokratik inqilob davri (1954—62) da yuzaga keldi. 1957-yil milliy ozodlik fronti kinematografiyaga tayyorlov maktabini ochdi, 1961-yil esa muvaqqat inqilobiy hukumat maxsus kino boʻlimini tashkil etdi. Bu tashkilotlar ozodlik uchun kurashga bagʻishlangan bir qancha hujjatli va tashviqiy filmlar ishlab chiqarishga sharoit yaratdi. 1962-yildan Jazoir kinematografiyasi ancha kengayib, badiiy filmlar ham ishlab chikarila boshladi. 1967-yil Milliy kinematografiya savdo va sanoati boshkarmasi (1974-yil Jazoir xronika xizmati bilan birlashtirilgan) tashkil etilgan. „Jazoir shahri uchun kurash“, „Auresdan esgan shamol“, „Olovli yillar solnomasi“, „Dekabr“, „Qochqin“, „Sir kaliti“, „Meros“, „Birinchi qadam“, „Kelin“ kabi lentalar Jazoir kinematografiyasining eng yaxshi filmlaridir. Ularda ozodlik harakati tarixi, dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar, xotin-qizlar ozodligi muammolari koʻtarilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzME