Hikmat Javlonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Javlonov Hikmatdan yoʻnaltirildi)

Hikmat Javlonov (1933.13.2, Forish tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDOʻ ni tugatgan (1955). 1955-yildan Forish tumanidagi 1-maktabda fizika oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1972-yildan 33-maktabda direktor, 1995-yildan fizika oʻqituvchisi. U oʻquvchilar bilan birgalikda 1200 dan ortiq koʻrgazmali qurol tayyorlagan va namunali fizika xonasini tashkil etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil