Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Koreya muhri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Koreya davlat muhri
대한민국의 국새
Armiger Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Qabul qilingan 25-oktyabr, 2011-yil (12 yil avval) (2011-10-25)
Shiori 대한민국

Koreya Respublikasining davlat muhri (koreyscha: hangul:대한민국의 국새, hanja:大韓民國之) – Janubiy Koreyada davlat maqsadlari uchun ishlatiladigan hukumat muhri[1][2]. Muhrda „injang“ yozuvi tushirilgan[1].

1948-yil avgust oyida Janubiy Koreya davlati tashkil etilgandan soʻng, hukumat 1949-yil may oyida yangi davlat muhrini (koreyscha: 국새 guksai) qabul qildi. Ushbu muhr konstitutsiyalarni eʼlon qilishda, vazirlar mahkamasi aʼzolari va elchilarni tayinlashda, shuningdek, milliy ordenlar konferensiyasida va muhim diplomatik hujjatlarda qoʻllaniladi[3].

Yillar mobaynida muhrning dizayni bir necha bor oʻzgardi. Muhrning 1960-yillarning boshlarigacha ishlatilgan dastlabki versiyasida Hanja belgilaridan foydalanilgan[3]. Keyinchalik harflar faqat Hangul belgilaridan tashkil topdi[3].

Hozirgi muhr beshinchi versiya boʻlib, 2011-yil sentyabr oyida ishlab chiqilgan va 2011-yil oktyabr oyida qabul qilingan[3].

Oldingi muhrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Cheon, Jingi (Summer 2008). "Guksae (State Seal) Consummate Work of Korea's Master Craftsmen". Koreana 22. http://koreana.kf.or.kr/pdf_file/2008/2008_SUMMER_E044.pdf. 
  2. „Pembuatan Segel Nasional Korea Selatan yang baru“ [The Making of a new South Korea National Seal] (id). KBS World (Indonesian TV channel) (2006-yil 14-fevral). 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Ministry of the Interior of the Republic of Korea. National Symbols of the Republic of Korea: Uniting People and Elevating National Pride. Seoul: Ministry of the Interior of the Republic of Korea, 2017 — 12–13 bet.