Jannik Vestergaard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jannik Vestergaard
Vestergaard Werder Bremen jamoasida mashgʻulotda (2015-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3 Avgust 1992-yil (29 yosh)
Tavallud joyi Hvidovre, Daniya
Boʻyi 1.99 m
Ampluasi markaziy himoyachi
Vazni 81kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 1899 Hoffenheim 71 (4)
2015—2016 Werder Bremen 48 (3)
2016—2018 Borussia Mönchengladbach 66 (7)
2018—2021 Southampton 72 (4)
2021- Leicester City 10 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Denmark U19 7 (0)
2011 Denmark U20 2 (0)
2011—2015 Denmark U21 28 (4)
2013- Denmark 35 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jannik Vestergaard (1992-yil 3-avgustda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer-liganing “Lester Siti” klubi va Daniya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.[1] Vestergaard 2018-yilda "Sautgempton"ga[2] qoʻshilishdan oldin Daniya va Germaniyaning turli klublarida oʻynagan. Shuningdek, u turli yosh toifalarida oʻynagan va 2013-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vestergaardning otasi daniyalik va onasi esa nemis millatiga mansub. Vestergaard Kopengagen chekkasidagi Xvidovreda tugʻilgan va Kopengagenda oʻsgan.[3] Uning nemis bobosi Xannes Shröers va amakisi Yan Shrörs ham mos ravishda Fortuna Dyusseldorf va Bayer 05 Uerdingenning futbolchisi boʻlgan.[3]  Uning amakivachchasi Mika Shreers 2016-yilda Myonxengladbaxning Borussiya yoshlar jamoasida oʻynagan.[4][5] Uning Pernil ismli qiz doʻsti va Bredi ismli iti bor.[6]

Klub karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vestergaard yoshlar futbolini Vestia, Frem, Kopengagen va Brondby jamoalarida oʻtqazgan.[7] U oʻzining katta faoliyatini Germaniyaning TSG 1899 Hoffenhaym klubida boshlagan.[8] U 2015-yilning yanvarida "Verder"ga oʻtdi.[9] 2016-yilning 11-iyunida Vestergaard Myonxengladbaxning «Borussiya» klubiga 12 million yevro va bonuslar evaziga qoʻshildi.[10]

Sautgempton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vestergaard 2018-yilning 13-iyulida Angliyaning “Sautgempton” klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi.[11][12] 2018-yilning 12-avgustida u Premer-ligada “Byornli”ga qarshi oʻyinda (0:0) debyut qildi.[13]  U klubdagi ilk golini 2019-yil 31-avgustda “Manchester Yunayted”ga qarshi oʻyinda (1:1) urgan edi.[14]

Lester Siti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 12-avgustida “Sautgempton” Vestergaard uchun “Lester Siti”dan kelgan transfer taklifini qabul qilgani e’lon qilindi.[15] 2021-yilning 13-avgustida u noma’lum toʻlov evaziga “Lester Siti” bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Denmark" (PDF). FIFA. 15 July 2018. p. 8. Archived from the original (PDF) on 11 June 2019.
  2. "2018/19 Premier League squads confirmed". Premier League. 3 September 2018. Retrieved 4 September 2018.
  3. 3,0 3,1 TSG 1899 Hoffenheim Fußball-Spielbetriebs GmbH (Hrsg.) (30 March 2011). "JANNIK VESTERGAARD: DER LANGE". Achtzehn99 (in German). Archived from the original on 27 April 2016. Retrieved 27 April 2016.
  4. Borussia VfL 1900 Mönchengladbach GmbH (publisher) (11 June 2016). "Borussia verpflichtet Jannik Vestergaard". Borussia Mönchengladbach (in German). Retrieved 12 June 2016.
  5. Borussia VfL 1900 Mönchengladbach GmbH (publisher) (11 June 2016). "Borussia sign Jannik Vestergaard". Borussia Mönchengladbach. Retrieved 12 June 2016.
  6. "Jannik Vestergaard: 10 things on the Borussia Mönchengladbach and Denmark star". Bundesliga. 9 July 2018. Retrieved 10 September 2018.
  7. "Jeg har aldrig kunne lide at tabe". Tipsbladet.dk.
  8. "Jannik Vestergaard". National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Retrieved 1 February 2015.
  9. "Vestergaard joins Bremen from Hoffenheim". Bundesliga. 27 January 2015. Archived from the original on 31 January 2015. Retrieved 1 February 2015.
  10. ""Gute Lösung" mit Vestergaard". Kreiszeitung (in German). 10 June 2016. Retrieved 26 September 2016.
  11. "Saints seal Vestergaard deal". Southampton FC. 13 July 2018. Retrieved 13 July 2018.
  12. "Jannik Vestergaard: Southampton sign centre-back from Borussia Monchengladbach". BBC Sport. 13 July 2018. Retrieved 13 July 2018.
  13. "Southampton 0–0 Burnley: Alex McCarthy and Joe Hart shine in stalemate". Sky Sports. Retrieved 6 March 2021.
  14. "Southampton 1–1 Man Utd: Jannik Vestergaard header earns 10-man Saints a point". BBC Sport. 31 August 2019. Retrieved 2 September 2019.
  15. "Jannik Vestergaard: Southampton accept Leicester bid for defender". Sky Sports.