Jannat pashshaxoʻrlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jannat chivinxoʻrlaridan yoʻnaltirildi)

Jannat pashshaxoʻrlari, jannat chivinxoʻrlari (Terpsiphone) — pashshaxoʻr (chivinxoʻr)lar oilasi urugʻiga mansub qush. Narisining boshida kokili boʻladi, dumidagi patlaridan bir jufti juda uzun. 10 ga yaqin turi bor, tropik Afrika, Avstraliya, Jan. va Sharqiy Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda dumparast (T. paradisi) togʻli oʻrmonlarda yashaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil