Kontent qismiga oʻtish

Janice Pennington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janice Pennington
Tavalludi 8-iyul 1942-yil (1942-07-08) (81 yosh)
Seattle, Washington, Amerika Qoʻshma Shtati
Fuqaroligi AQSh
Vazni 5 ft 8 in (1.73 m)

Janice Maurine Pennington – Amerika Qoʻshma Shtatining sobiq model ayoli 1942-yil 8-iyulda tavallud topgan va THe Price Is Right filmining asl „Barker's Beauties“ deb atalgan modellaridan biri. Uzoq vaqt modellik faoliyati tufayli 1972-yildan 2000-yilgacha The Price is Right telvidyon shousida oʻz oʻrniga ega boʻlgan. Playboy jurnalining 1971-yil may sonidagi oyning eng yaxshi modeli boʻlgan. Janice Pennington model Enn Penningtonning singlisi boʻlgan[1] va Gollivud kinofestivalining asoschisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pennington Washington shtatining Seattle shaxrida tugʻilgan. Hayoti davomida uch marta turmushga chiqqan va uning birinchi nikohi Glenn Jeykobson bilan boʻlgan, u bilan 1967-yil bahorida (aniq sana nomaʼlum) „Haqiqatni aytish“ filmida koʻrishgan[2]. Uning ikkinchi turmush oʻrtogʻi germaniyalik alpinist Fridrix „Fritz“ Stammberger boʻlib, 1975-yilda Afgʻoniston togʻlariga chiqqan paytida koʻrishgan. Koʻp yillik izlanishlardan soʻng, Pennington Fritz Markaziy razvedka boshqarmasiga Afgʻoniston-Pokiston chegarasida togʻ bazalarini oʻrnatishda yordam bergan va Sovet qoʻshinlari bilan jangda halok boʻlgan deb taxmin qilinadi[3].

1984-yilda Pennington Mozambiklik yozuvchi Karlos de Abreuga turmushga chiqdi. Pennington 1967-yilda singlisi tashkil qilgan The Models nomli musiqa guruhining aʼzosi boʻlgan.

The Price Is Right filmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pennington 5000 dan ortiq shoularda boshlovchilikni Bob Barkerga topshirib, 29 yil davomida „The Price Is Right“ filmida model boʻlib xizmat qildi. Pennington 1972-1977-yillar va 1985-1986-yillar oralig'ida shou sindikatsiyaga tushganligi sababli boshlovchilikni Dennis James va Tom Kennedyga topshirdi. 1976-yil sindikatlangan epizodda boshlovchi Dennis James o'tgan yili toqqa chiqish paytida Penningtonning turmush o'rtog'i Frits Stammberger g'oyib bo'lganidan bexabar, Cliff Hangers o'yinining tog'ga o'rnatilgan alpinist haykalini Fritz deb atagan. Musobaqa ishtirokchisi o'yinda yutqazib qo'ygani va qoya ustidagi alpinist haykali yiqilganda "Fritz ketdi" deb baqirdi, buni eshitgan Penningtoning ko'ziga yosh keldi va sahnani tark etdi. 1988-yilda Pennington kamera bilan to'qnashishi natijasida jarohatlandi. Pennington shifoxonaga olib borildi va 45 daqiqadan so'ng epizod qayta tiklandi. Lekin jarohat natijasida Pennington chandiqlar va yelka qismidan jarohat oldi. Butkul tuzalish jarayonida uning o'rniga boshqa model ayol tanlandi[4]. Penningtonning oxirgi epizodi 2000-yil 13-dekabr oyida Pearson Television egalik qilgan shouda bo'ldi[4]. Barker boshqa model ayollardan ko'ra Pennington bilan munosabati yaxshi edi va 2002-yilda Larry King Live bilan suhbatda Barkeriyga nisbatan model Dian Parkinson jinsiy zo'ravonlik da'vosini qo'zg'atganda Pennington Barkerning tarafini olganligini ta'kidlab otdi[5]. USA Today jurnaliga bergan intevyusida nafaqaga chiqishni aytib, model ayollar, jumladan Penningtonni "Jasur Ayol" deb takidladi[6]. Pennington Entertainment Tonight jurnaliga bergan intervyusiga ko'ra Berkerni olimidan oldin ohirgi martda uydan ketganida ko'rganligi, osha paytdan boshlab gaplashmaganligi aytdi[7].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Frisch, Norm. „Model Is Happy Without Acting“ (1978-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 26-aprel.
  2. „Janice Pennington on Collyer's to Tell the Truth (1968)“. YouTube.
  3. Pennington, Janice; de Abreu, Carlos. Husband, Lover, Spy: A True Story. Custos Morum Publishers, 1994. ISBN 1-884025-03-X. 
  4. 4,0 4,1 Keck, William. „For Barker's Beauties, This Is Not a Game“. Los Angeles Times (2000-yil 12-dekabr).
  5. „Interview with Bob Barker“. Larry King Live. December 26, 2002. CNN. Qaraldi: February 10, 2016.
  6. Keck, William. „The time is right for Barker“. USA Today (2007-yil 14-may). Qaraldi: 2014-yil 21-iyul.
  7. Seemayer, Zach „'Price Is Right' Model Janice Pennington Talks Working With Bob Barker“ (en-US). Entertainment Tonight (2023-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.