Jang Hye-jin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jang Hye-jin
Tavalludi 5-sentyabr 1975-yil (1975-09-05) (48 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1998, 2007-hozirgacha
Bolalari 2 nafar

Jang Hye-jin (koreyscha: 장혜진; 1975-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktrisa. Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan „Parazit“ filmidagi Kim Chung Suk roli bilan xalqaro miqyosda tanilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hye-jin 1975-yil 5-sentyabrda Pusan shahrida tug‘ilgan. Uning aktrisalik faoliyati 1990-yillarda boshlangan. U 1998-yilda „If It Snows On Christmas“ („Rojdestvoda qor yog‘sa“) nomli badiiy filmda kichik rol ijro etgan. Hye-jin 2000-yillarning oʻrtalarida kinorejissyor va yozuvchi Li Chang-dong boshchiligidagi „Secret Sunshine“ („Maxfiy quyosh nuri“) dramatik filmida Park Myon Suk roli va SBS telekanalida efirga uzatiluvchi „My Sweet Seoul“ („Mening Seulim“) teleserialidagi ijrosi bilan oʻz ona yurtidagi ommaviy axborot vositalari eʼtiborini qozona boshlagan[2].

Hye-jin rejjisyor Yun Jong Seokning „Marine Boy“ („Dengizchi bola“) va yuqorida tilga olingan Li Chang-donning „Poetry“ („Sheʼriyat“) filmlarida suratga tushgan. 2016-yilda Yun Ga Yunning „Secret Sunshine“ va Shin Junning „The World of Us“ („Bizning dunyo“) filmlarida rol ijro etgan.

Hye-jin „Yongsoon“ filmlarida rol o‘ynagan, undan oldin rejissyorlar Yun Chan-Yung va Li Sang Xi bilan Li Dong Yun tomonidan suratga olingan „Mothers“ („Onalar“) nomli badiiy filmida Jung Xi rolini ijro etgan[2].

Hye-jin „eng yaxshi original ssenariy“ va „eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyalarida toʻrtta Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan „Parazit“ filmidagi bosh rol Kim Chung Suk rolini ijro etib, xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan[3]. Filmda u badavlat oilada uy xizmatkori boʻlib ishlayotgan ona rolini oʻynaydi[4].

Hye-jin 2021-yilda u MBC telekanalida efirga uzatiluvchi „The Red Sleeve“ nomli tarixiy dramasida Lady Seo rolini oʻynagan[5]. 2022-yilda „Green Mothers' Club“ teleserialida rol ijro etishi rejalashtirilgan edi[6].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Roli
1998 If It Snows On Christmas Kotiba
2007 Secret Sunshine Park Myung-suk
2009 Marine Boy Chet ellik sudya
2010 Poetry Mr. Kangning ikkinchi kelini
2012 Saying I Love You Su-ji
2016 The World of Us Ona
Yongsoon Restorandagi oʻrta yoshli ayol
2017 Mothers Jung-hee
2018 Adulthood Jum-heeʼs ikkinchi kelini
Youngju Hola rolida
2019 Parazit Kim Chung-sook
The House of Us Seonning onasi
Family Affair Mi Jung
2020 More Than Family Seon-myeong

Teleseriallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Roli Izohlar
2008 My Sweet Seoul
2018 Hold Me Tight Baek So-jin
2019 When the Camellia Blooms Park Young-sim
2019-2020 Crash Landing on You Go Myeong-eun
2020 A Piece of Your Mind Han Seo-wooning onasi [7]
How to Buy a Friend Jo Pyung-seop
Memorials Kim Sam-suk
Birthcare Center Choi Hye-suk
2020-2021 True Beauty Hong Hyun-sook
2021 Hospital Playlist 2 Chu Min-haning onasi (10-epizod) [8]
Reflection of You Ahn Min-seo
The Red Sleeve Court Lady Seo
2022 Green Mothers Club Kim Young-mi
The Law Cafe Kim Cheon-daek [9][10]
Curtain Call Oh Ga-young (1, 7-epizod)[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dove. „PARASITE WINS 4 OSCARS AND MAKES OSCAR HISTORY“. Oscar.go (2020-yil 10-fevral). Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.
  2. 2,0 2,1 „JANG Hye-jin“ (en). Korean Film Biz Zone. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  3. Buchanan, Kyle; Barnes, Brooks. „'Parasite' Earns Best-Picture Oscar, First for a Movie Not in English“ (en-US). The New York Times (2020-yil 9-fevral). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  4. Latief. „Sinopsis Film Parasite, Kisah Kebohongan yang Berujung Malapetaka“ (id-ID). Harapan Rakyat Online (2020-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  5. Park Chang-ki. „장혜진, '옷소매 붉은 끝동' 합류…첫 사극 도전 [공식“] (ko). TenAsia (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  6. Kim Ye-eun. „이요원·추자현에 장혜진까지…'그린마더스클럽' 라인업 공개 [공식입장“] (ko). Xportsnews. Naver (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  7. „"Parasite" Jang Hye-jin to Appear in "A Piece of Your Mind" as Chae Soo-bin's Mother“. HanCinema (2020-yil 16-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  8. Choi Hee-jae. „'슬의생2' 최덕문, 안은진父 특별 출연…장혜진과 부부 케미“ (ko). Xportsnews (2021-yil 27-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  9. Park. „[단독 장혜진, '법대로 사랑하라' 캐스팅…이세영과 초고속 재회“] (ko). JoyNews24 (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  10. Park. „법대로 사랑하라' 명품조연 "장혜진-백현주x이민영x전노민x조한철-전국환“ (ko). KBS Media (2022-yil 13-avgust). Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
  11. Kwak Myeong-dong. „'커튼콜', 쫄깃전개+엔딩맛집 입소문 "산뜻한 출발"“ (ko). My Daily (2022-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.