Kontent qismiga oʻtish

Jan Boklöv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jan Boklöv
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Shvetsiya
Tavallud sanasi 14-aprel 1966-yil (1966-04-14) (58 yosh)
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)
Klubi Koskullskulle, Gällivare, Shvetsiya

Yan Mauritz Boklöv — (1966-yil 14-aprelda tugʻilgan) 1988—1989-yilgi Jahon kubogi mavsumida gʻolib chiqqan shvetsiyalik sobiq changʻichi. Mauritz 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida Shvetsiya milliy chempionatlarida ham ustunlik qilgan[1]. Yan 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida hozirda keng tarqalgan V-uslubni ommalashtirish bilan mashhur hisoblanadi[2].

Kurt Elima Boklovning murabbiylaridan biri boʻlgan. Boklöv ikki Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, 1988-yilda Kalgaridagi jamoaviy katta tepalik musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan va 1992-yilda Albertville shahridagi yakka tartibli oddiy tepalikda 47-oʻrinni egallagan. 1989-yilda Laxti shahrida boʻlib oʻtgan changʻida sakrash boʻyicha jahon chempionatida u jamoaviy katta tepalikda beshinchi oʻrinni egallagan va yakka tartibli oddiy tepalik musobaqalarida oʻninchi oʻrinni egallagan. 1990-yilda Vikersundda changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida Boklöv 27-oʻrinni egallagan. Yan asosan jamoaviy va katta tepaliklardagi musobaqalarda oʻzini sinab kelgan. Dastlabki changʻi sportidagi revolutsiya ham aynan Yanning faoliyat davrlariga toʻgʻri keladi.

1989-yilda u Radiosporten radiosi auditoriyasi tomonidan ovoz bergan sportchilar orasida yilning eng yaxshi sport koʻrsatkichi uchun Jerringpriset mukofotiga sazovor boʻlgan.

2000-yillarning boshlarida Lyuksemburgda yashagan[3] va 2016-yildan boshlab oilasi bilan birga Bryusselda yashay boshlagan.

Sportchi hozirgi kungacha sobiq sport sohasidagi musobaqalarga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurib turadi.

Jahon kubogi musobaqalarida gʻalabalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Manzil Tepalik turi
1988-yil 10-dekabr Lake Placid, Nyu-York, Amerika Qoʻshma Shtatlari Katta tepalik
1988-yil 18-dekabr Sapporo, Yaponiya Katta tepalik
1989-yil 4-yanvar Innsbruk, Tirol, Avstriya Katta tepalik
1989-yil 15-yanvar Xarraxov, Chexiya SR, Chexoslovakiya Changʻida uchadigan tepalik
1989-yil 28-yanvar Chamonix, Fransiya Oddiy tepalik

Shvetsiya milliy chempioni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy tepalik (K70): 1985-yil, 1986-yil, 1987-yil, 1989-yil[1]. Katta tepalik (K90): 1986-yil, 1988-yil, 1989-yil, 1990-yil[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Backe/Nordisk kombination“ (shvedcha). Swedish Skiing Association. 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.
  2. „Ski Jumping Equipment And History“. The International Olympic Committee. Qaraldi: 22-mart 2021-yil.
  3. „Här är Sveriges 38 största legendarer“ (shvedcha). Sportbladet (13-dekabr 2000-yil). Qaraldi: 8-aprel 2016-yil.