Oʻner Jamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jamolov Oʻner Boimbetovichdan yoʻnaltirildi)

Jamolov Oʻner Boimbetovich (1912, Janubiy Qozogʻiston viloyati Sembe qishlogʻi — 1975.8.8, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1966), iqtisod fanlari d-ri (1958), prof. (1959). Toshkent moliyaiqtisod institutini tugatgan (1939). 1940—53 yillarda Toshkent sh.dagi oliy oʻquv yurtlarida siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1955—58), Oʻzbekiston FA Iqtisod institutining direktori (1958—71), Oʻzbekiston FA Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimining akad. kotibi (1971—75). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish, rivojlantirish, iqtisodiyot nazariyasi masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil