Kontent qismiga oʻtish

Jamoliddin Boboxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamoliddin Boboxonov — 1970-yilda Toshkent shahrida islomshunos olim Shamsiddinxon Ziyovuddinov oilasida tugʻilgan. ToshDSHI iqtisod fakultetining 1993-yil va Moskva poʻlat va qotishmalar institutini 2006-yil bitiruvchisi. Iqtisod fanlari nomzodi. 1993-1996 yy. „Oʻzikkilamchi rangli metall“ HJda muhandis; 1996-1997 yy. „Xandikraft“ Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi direktori; 1997-2000 yy. „Oʻzikkilamchi rangli metall“ HJda boʻlim boshligi; 2000-2007" Oʻzikkilamchi rangli metall" HJda bosh direktor; 2007 — h.v. „Sredazsvetmetenergo“ hissadorlik jamiyatida bosh direktor oʻrinbosari boʻlib ishlab keladi.

Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bozor iqtisodiyoti sharoiti-da sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, restrukturizatsiyalash; „Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash“. Bu yoʻnalishda u 1 ta oʻquv qoʻllanma, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Buyuk Britaniya, Italiya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina kabi koʻplab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: „Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash (Ikkilamchi rangli metallarni qayta ishlovchi korxonalar misolida)“ — Tashkent, 2010.

  1. Restrukturizatsiya promishlennoy zagotovki //J. Obщestvo i upravlenie. −2005. — № 4. -S.85-87.
  2. Tendensii razvitiya mirovogo rinka svetlix metallov // Devyatnadsatie mejdunarodnie plexanovskie chteniya. — M.; 2006. S. 174-180.
  3. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash muammolari: monografiya. — T.: Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2011. −144 b.
  4. Globallashuv sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash modellari // Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari, asosiy saboqlari va milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga taʼsiri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. — T., 2011. — B.155-158.