Jamila Poʻlatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Djamila Shag‘ayratovna Polatova
Tavalludi 28-iyul 1975-yil (1975-07-28) (48 yosh)
Bolalari 4

Djamila Shag‘ayratovna Polatova (tug‘. 1975-yil 28-iyul, Toshkent) — o‘zbek olimi, ortoped-onkolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston onkologlar uyushmasi bosh kotibi.

O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi Bosh kotibi (2016-yildan hozirgacha)[1], MDH va Yevroosiyo davlatlarining Onkologiya va rentgen-radiologiya markazlari va institutlari direktorlari uyushmasi aʼzosi (2017-yildan hozirgacha)[2], Jamila Polatova onko-maktabi rahbari va asoschisi (2021-yildan).

Fadia Survive & Thrive Association ilmiy maslahat kengashi va bir qator xalqaro tashkilotlar aʼzosi: Amerika Klinik Onkologiya Jamiyati (ASCO), Yevropa Muskul-skelet onkologiya Jamiyati (EMSOS), Yevropa Tibbiy Onkologiya Jamiyati (ESMO), Jahon Dermatologik Onkologlar Jamiyati, Yevropa jarrohlik onkologiya jamiyati (ESSO) va boshqalar.

O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasining „Klinik va eksperimental onkologiya“ ilmiy-amaliy jurnali bosh muharriri o‘rinbosari[3]. „Suyaklar, yumshoq toʻqimalar va teri oʻsmalari sarkomasi“ jurnali tahririyat kengashi aʼzosi[4].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975-yilning 28-iyulida Toshkent shahrida xizmatchi Shog‘ayrat Shamansurov (1938-2014) va tibbiyot fanlari doktori, professor Leyla Shamansurova (1951-2021) oilasida tavallud topgan. 1992-yilda 70-maktabni tamomlab, Toshkent Davlat tibbiyot institutining „Davolash ishi“ fakultetiga o‘qishga kirdi, 1998-2000-yillarda Respublika onkologiya ilmiy markazida umumiy onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

2005-yilda professor M.A. Gafur-Axunov rahbarligida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Skeletning uzun suyaklari o‘smalarini davolashda organlarni saqlovchi jarrohlik“, 2016-yilda ushbu mavzu bo‘yicha „Molekulyar biologik va genetik markerlar, ularning osteosarkoma bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashdagi ahamiyati“ (professor S.N.Navro‘zov rahbarligida) tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (RSNPMTSOiR) -, 1962 yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik onkologiya markazida Jamila Polatova o‘z kasbiy faoliyatini 1998-yilda boshlagan. 2004-yildan 2017-yilgacha — Katta ilmiy xodim, 2017-yildan hozirgacha — Tayanch-harakat apparati o‘smalari bo‘limining yetakchi ilmiy xodimi va ilmiy direktori. 2020-yildan Toshkent davlat stomatologiya instituti Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri.

Ilmiy-davolash faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Djamila Polatova O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda ortopedik onkologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri hisoblanadi[5]. U har yili skelet va teri suyaklaridagi oʻsma shikastlanishlari, yumshoq toʻqimalar oʻsmalari uchun 300 dan ortiq organlarni saqlovchi operatsiyalarni amalga oshiradi[6]. O‘zining ilmiy-amaliy faoliyatida tayanch-harakat apparati o‘smalarini davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ustida faol ish olib boradi. Professor Polatova rahbarligida mustaqil abituriyentlar va doktorantlar saraton kasalliklari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar[7]. Jamila Polatova 200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 5 ta foydali modelga patent va 3 ta dasturiy taʼminotni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://oncoortopedia.uz/polatova-dzhamilya-shagajratovna
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  3. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  4. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  5. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  6. https://uz.sputniknews.ru/20210302/Khirurgi-iz-Uzbekistana-proveli-unikalnuyu-operatsiyu-i-sokhranili-nogu-patsientke-16102215.html
  7. https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/12/operation/