James Harden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Harden

James Harden "Houston Rockets"da
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Taxallusi/Laqabi The Beard (soqol)
Fuqaroligi AQSh
Tavallud sanasi 1989-yil, 26-avgust, 32 yoshda
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Faoliyat yillari 2009-yildan hozirgacha
Boʻyi 196 sm
Vazni 100 kg
Sport
Qaysi sport basketbol
Klubi Philadelphia 76ers

James Edward Harden Jr. (oʻzbekcha: kenja Jeyms Edvard Harden; 1989-yil 26-avgust, Los-Anjeles, Kaliforniya) – NBAda „Philadelphia 76ers“ klubida oʻynaydigan amerikalik professional basketbolchi. U 2013-yilda „Houston Rockets“ tarkibidagi ilk debyut mavsumidayoq NBA All-Star oʻyinida ishtirok etadi. 2012-yilda „Oklahoma City Thunder“ klubi safida liganing eng yaxshi oltinchi oʻyinchisi sifatida tan olinadi. „Houston Rockets“ tarkibidagi oltinchi mavsumida birinchi bor NBAda MVP (eng ahamiyatli oʻyinchi) deb topildi.

Harden kollejda „Arizona State Sun Devils“ jamoasida oʻynagan va 2009-yil uchinchi raqam ostida NBA draftiga tanlab olingan.

Harden, shuningdek, Kevin Durant va Russel Westbrook bilan birga London-2012 oʻyinlarida qatnashish uchun AQSh olimpiya terma jamoasi safiga chaqirilgan. Olimpiya oʻyinlarida amerikaliklar oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Ilk yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harden Kaliforniyaning Lakewood shahridagi Artesia maktabida oʻqidi. Oʻqishning ikkinchi yilida u har oʻyinda oʻrtacha 13,2 balldan toʻplar, Artesia jamoasi oʻsha mavsumda 28-5 natijasini koʻrsatgan edi. Keyingi yil u oʻz koʻrsatkichini 18,8 ball va har bir oʻyinda 3,5 muvaffaqiyatli uzatmaga yaxshiladi. Artesia jamoasi Kaliforniya shtati chempionligini 33-1 natijasi bilan yakunlab, zafar quchdi. Hardenning maktabdagi soʻnggi yilida Artesia shtat chempionligida 33-2 natija bilan yana gʻalaba qozondi. Uning oʻzi esa oʻrtacha 18,8 ball, 7,9 rebound (olib qoʻyish) va 3,9 muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi.

Kollej[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harden kollejda ikki yil davomida „Arizona State Sun Devils“ uchun oʻynadi[1].

2007/2008-yilgi mavsumda u 34ta oʻyin oʻtkazdi. Ularda James Harden maydonda oʻrtacha 34,1 daqiqadan harakatlandi, oʻrtacha 17,8 ball ishladi va oʻrtacha 5,3 rebound amalga oshirdi. Shuningdek, u oʻrtacha 2,1 tutib qolish va 0,6 block-shot (zarbani qaytarish) rasmiylashtirdi, 3,2 marta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirib, oʻrtacha 2,6 marta toʻpni yoʻqotishga uchradi.

2008/2009-yilgi mavsumda esa u 35ta oʻyin oʻtkazib, maydonda oʻrtacha 35,8 daqiqa harakatlandi, oʻrtacha 20,1 ball toʻplab, oʻrtacha 5,6 rebound toʻpladi. Bundan tashqari, 0,3 block-shot amalga oshirib, 4,2 marta muvaffaqiyatli uzatmani rasmiylashtirdi.

NBA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oklahoma City Thunder (2009–2012-yillar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil

Harden 2009-yilgi NBA drafti doirasida Oklahoma City Thunder jamoasi tomonidan 3-raqam ostida tanlab olindi[2]. Jamoa Sietldan Oklahomaga koʻchib oʻtganidan soʻng amalga oshirgan ilk draft tanlovi – James Harden edi. 2009-yil 12-iyul klub va basketbolchi oʻrtasida shartnoma imzolandi[3]. Unga 13-raqam beriladi.

Houston Rockets (2012—2021)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi mavsumning oʻzidayoq Harden „Houston“da pley-offga chiqdi va birinchi raundda sobiq klubi „Oklahoma“ bilan toʻqnash keldi[4].

2015-yil 2-aprelda „Sacramento Kings“ bilan oʻtgan gʻalabali oʻyinda (115:111) Harden oʻzining mahsuldorlik rekordini yangiladi. U bir oʻyinda 51 ball toʻpladi. Uning avvalgi rekordi „Denver Nuggets“ga qarshi kechgan bahsda qayd etilgan boʻlib, 50 ballga teng edi.

James Harden „Houston Rockets“ klubida

2018-yilning 30-yanvarida „Orlando Magic“ga qarshi kechgan oʻyinda James Harden 60 ballik ilk-tripl dablni (jami 60 ball, 11 uzatma va 10 olib qoʻyish) amalga oshirib, NBA rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u klubning bir oʻyindagi ballari soni boʻyicha ham rekordini yangiladi. „Houston“ning bir oʻyinda jamlangan ballar boʻyicha avvalgi rekordi Shon-shuhrat zali aʼzosi Calvin Murphyga (57 ball) tegishli edi. Uning rekordi 40 yil oʻzgarishsiz qolgandi[5].

2018-yil 26-iyunda Jeyms Harden 2017/2018-yil mavsumida National Basketball Associationning MVPsi (eng ahamiyatli oʻyinchisi) deya rasman tan olindi[6].

Harden jamoadan ketgach, 2021-yilning 3-martida „Rockets“ egasi Tillman Fertitta uning sharafiga 13-oʻyin raqami klubning boshqa oʻyinchilariga berilmasligini maʼlum qildi[7]:

James Harden doimo "raketa" boʻlib qoladi. U mening klub egasi sifatidagi faoliyatimning dastlabki uch yilini unutilmas etdi. Biz, albatta, uning raqamini saqlab qoʻyamiz. Uning klubga keltirgan omadi va muxlislarda qoldirgan xotiralari chindan ajoyib boʻldi.

Brooklyn Nets (2021—2022)[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Harden „Brooklyn Nets“ tarkibida

2021-yilning 14-yanvar sanasida almashuv boʻyicha toʻrt tomonlama kelishuvga muvofiq, mashhur himoyachi „Houston Rockets“dan „Brooklyn Nets“ klubiga oʻtdi. Kelishuvda „Indiana Pacers“ va „Cleveland Cavaliers“ klublari ham qatnashdi.

Harden oʻzining 13-raqamini „Brooklyn“da ham saqlab qoldi[8].

2021-yilning 16-yanvarida – birinchi oʻyinning oʻzidayoq („Orlando Magic“ga qarshi) James Harden ikki klub rekordini oʻrnatdi. U 32 ball, 12 olib qoʻyish va 14 uzatma bilan tripl dablni qayd etdi. Unga qadar „Nets“ tarkibida hech bir oʻyinchi oʻzining ilk oʻyinida tripl-dabl qayd etmagan edi. Shuningdek, Harden franshiza tarixida debyut oʻyinida 14 uzatma amalga oshirgan birinchi basketbolchiga aylandi[9].

Philadelphia 76ers (2022—hozirgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 10-fevral sanasida ikki tomonlama franshiza orqali almashuv natijasida James Hardenning „Philadelphia 76ers“ jamoasiga oʻtishi maʼlum boʻldi[10]. Yangi jamoasida Harden mashhur hujumchi va markaziy oʻyinchi Joel Embiid, „Houston Rockets“dagi murabbiysi Daryl Morey bilan kuchlarini birlashtirdi.

Harden NBAdagi faoliyati davomida ilk bor oʻz raqamini aynan „Philadelphia 76ers“ klubida „13“dan „1“ga almashtirdi[11].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

James xristian diniga eʼtiqod qiladi.

Oʻzining mashhur soqolini 2009-yildan buyon oʻstirishni boshlagan. Hardenning aytishicha, soqolini olish uchun u juda ham dangasalik qiladi[12]. Uning mashhur soqoli haqida qoʻshiqlarda kuylanadi, futbolkalar va boshqa aksessuarlar uchun tasviriy print sifatida ishlatib kelinadi.

James Harden NBA Live 18 oʻyini muqovasining yuzi hisoblanadi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]