Jaloliddin Gurlaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaloliddin Gurlaniy
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Nomalum
Nomalum
Vafoti Gurlan

Jaloliddin Gurlaniy – Xorazmning Gurlan tumanida tu’gilgan. U Burhoniddin Margʻinoniyning izdoshi sanaladi. Jaloliddin Gurlaniyning tugʻilgan va vafot sanalari aniq emas. Ammo u yozgan bir qancha asarlar orqali uning yashagan davrini aniqlash mumkin.[1] Otasi Sherozdan Xorazmga qaytib kelgach saroyda naqib boʻlib ishlay boshlaydi. Keyinchalik Sayid Jaloliddin ibn Shamsiddin ibn Murtazo Gurlaniy al-Xorazmiy Hasan Sigʻnoqiy, Abdulaziz Buxoriy, Toxir Xorazmiylardan tahsil oladi. Sayid Jaloliddin ibn Shamsiddin ibn Murtazo Gurlaniy al-Xorazmiyning asarlari Kalkutta, Laknav, Bombay Qohira, Qozon kabi shaharlarda bir necha martalab nashr etilgan. Jaloliddin Gurlaniy milodiy 1367-yilda vafot etgan[2].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Al Kifoya fiy sharxil hidoya". Asarning 5 ta nusxasi saqlanib qolgan. Bular: Birinchisi, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan „Fayzulloh Afandi“ kutubxonasida, ikkinchisi, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan „Sulaymoniya“ kutubxonasida, uchinchisi, „Kifoya fiy sharhil Hidoya“ asarinig yana bir nusxasi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan „Otif Afandi“ kutubxonasida, toʻrtinchisi, Istanbulda joylashgan „Rogʻib Posho“ kutubxonasida, beshinchisi, Suriyadagi „Asad“ kutubxonalarida saqlanadi. Suriyadagi „Asad“ kutubxonasida saqlanayotgan asarning ikki jildi yana bir nusxasi saqlanadi. Birinchi juzi 61953 raqam ostida saqlansa, ikkinchi juzi 62134 raqam bilan qayd etilgan. Bu nusxa nasx xatida juda chiroyli qilib taʼlif etilgan. Birinchi juz 356 varaq, yaʼni 712 sahifadan iborat. Har bir sahifa 24 qatordan iborat. Har bir qator taxminan 18 soʻzni oʻz ichiga oladi.

„Sharxu muxtasari xulosatit toyyibiy“ asari 1529-yilda yozilgan.

„Ash-Shoqoikun an Noʻmoniya“

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hisomiddin al-Hasan Sigʻnakiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Nihoya" asari muallifi

Abdul Aziz Buxoriy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdul Aziz Buxoriy Jaloliddin Gurlaniyga fiqxni oʻrgatgan. Abdul Aziz Buxoriy "kashf ul Bazdaviy asari muallifi.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nosiriddin Muhammad ibn Shihob ibn Yusuf, Shayx olim Tohir Sad Namadbush shayx Alouddin, Abdul Avval ibn Burxoniddin ibn Imod ad din lardir

Al Kifoya fiy sharxil hidoya asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar Burhoniddin Margʻinoniyning „Hidoya“ asariga sharx sifatida yozilgandir. Unda turli xil fiqx masalalarini oʻz ichiga oladi. Asarning birinchi jildida muallif asarni yozishdan maqsadini va nima uchun bunday nomlanganiga toʻxtaladi. Asarda Kimki Kabadan boshqa masjidlarni atrofini aylansa unda kufr xavfi bordir deyilgan.[3]

Sharxu muxtasari xulosatit toyyibiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar hadisshunosllika bagʻishlangan Jurjoniyning"Muxtasari xulosatit toyyibiy" asariga sharh hisoblanadi. Asarning umumiy hajmi 70 bet va 4 bobga boʻlingan. Asar Fanlar Akademiyasining sharqshunoslik institutida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023
  2. https://www.old.islamonline.uz/index.php/lugat/118-j/2207-jaloliddin-gurlaniy
  3. https://ahlisunna.uz/