Ikrom Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalilov Ikromdan yoʻnaltirildi)

Ikrom Jalilov (1922.10.2, Chimkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), yuridik fanlari doktori (1972), professor (1988). 2-jahonurushi qatnashchisi. Toshkent davlat yuridik institutini (1946), shu institut aspiranturasini (1953) tugatgan. Andijon viloyatida tuman va shahar prokurori (1947—50), Toshkent davlat yuridik institutida oʻqituvchi (1954—55). Adliya va prokuratura sohalarida ishlagan. 1958-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutining ilmiy xodimi, sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yer huquqini va agrar krnunchilikni takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. "Jasorat" medali bilan taqdirlangan (1994).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil