Abduhafiz Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalilov Abduhafizdan yoʻnaltirildi)

Abduhafiz Jalilov (1869 — Samarqand — 1954) — duradgor, yogʻochsoz usta, naqqosh. Samarqand meʼmorlik maktabining vakili. Dastlab usta Neʼmatdan hunar oʻrgangan. Sinchli uy qurish, eshik, sandiklarga bezaklar yasash, islomiy naqshlar chizishga mohir boʻlgan. Us t a Fayzulla bilan birga ishlagan, usta Abduqodir muhandis Boqiyev guruhida ishlab, undan muqarnas va gyryh tuzish sirlarini puxta egallagan. Samarqanddagi Kalontarov uyi (hoz. Oʻzbekiston xalqdari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi binosi), Xoʻja Ahror masjidining murakkab shaklli shiftlarini ishlagan, Xoʻja Yusuf masjidi va b. jamoat binolarini qurgan, bezagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil