Jake Roberts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jake Roberts

Roberts 2017-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud sanasi 1995-yil 30-may
Texas shtatining Houston shaxrida(AQSh)
Faoliyat yillari 1974-2018-yillar
Boʻyi 198 sm
Vazni 113kg
Turmush oʻrtogʻi Karen Rauschuber(1974-1982-yil, Cheryl Hagood(1984-1997-yillar) Judy Lynn(2006-2011-yillar)

Jake Robert — amerikalik kurashchi va aktyor 1995-yil 30-may sanasida Amerika Qoʻshma Shtatida dunyoga kelgan. Uning asl ismi Aurelian Smith. Jake Jahon kurash federatsiyasi bilan shartnoma imzolab, 1986-1992-yillar va 1996-1997-yillar oraligʻida ishlagan. Jake 1993-yilda Milliy kurash ittifoqida, 1992-yilda Jaxon kurash musobaqasida va 1993-1994-yillar va 1997-yil oraligʻida Meksikada boʻlib oʻtgan Asistensiya Asesoría y Administración musobaqasida ishtirok etgan. Robert oʻzining faoliyati davomida eng yaxshi sportchi, va musobaqa jarayonida mustahkam irodaga ega ekanligi bilan nom qozongan[1]. U tez-tez ringga ilonlardan eng mashxuri pitonni olib chiqardi. U 1999-yilda suratga olingan Beyond the Matt hujjatli filmining asosiy personajlaridan biri boʻlgan.

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aurlian Smith 1995-yilda Texasning Houston shaxrida dunyoga kelgan. Otasi Aurelian „Grizzy“ Smth ham kurashchi boʻlgan. Uning onasi ikkinchi farzandini dunyoga keltirish jarayonida vafot etgan. Robert 1966-yilgacha buvisi bilan yashagan. Buvisi vafotidan soʻng Robert dadasi va oʻgay onasi bilan yashadi. Robertning otasi bilan munosabati yaxshi emas edi, bundan tashqari uning oʻgay onasi Robertga nisbatan ham jismoniy ham ruhiy ziyon yetkazar edi. Robertning oʻgay ukasi Michael Smith va oʻgay singlisi Robin Smith bor edi. Ular ham 1980-yillar oxirida WWE(World Wrestler Federation) ga aʼzo boʻlgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roberts oʻz xarakterini rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch keldi, shuning uchun 1970-yillarning oxirida u kurash uchun Kanadaga bordi. Stampede Wrestling musobaqasida Roberts Junkyard Dog bilan kurash olib bordi[3][4]. 1983-yil Jorjiya chempionati kurashida Roberts Paul Elleringning „ Legion of Doom“ jamoa aʼzosi boʻlgan va 1984-yilda davom etgan NWA World Television Championship musobaqasida Ron Garvin bilan kurash olib bordi. 1984-yilda Roberts World Class Championship Wrestling (WCCW)ga „Gentleman“ nomi bilan shuxrat qozongan Chris Adams va Gino Hernandez bilan qoʻshildi. 1985-yilda Robert Mid-South Wrestling jamoasiga qaytdi va uning ohirgi jangi Dick Slater bilan boʻlib oʻtdi. Uning Mid-South Wrestling jamoasidagi ohirgi jangi jamiyat uni istedodli deb baholashsa ham hukumat uni yetarli istedodga ega emas deb baholagan vaqtida oʻz nihoyasiga yetdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]