Jahongashta quyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongashta quyon
Chickenhare and the Hamster of Darkness

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar)
  • Ben Stassen
  • Caroline Van Iseghem
  • Matthieu Zeller
Ssenariynavis(lar)
  • Dave Collard
Bastakor(lar) Puggy
Kinematografiya
  • Ben Stassen
  • Benjamin Mousquet
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
  • 16-fevral, 2022-yil(2022-02-16)
Davomiyligi 91 daqiqa
Mamlakatlar
Tillar
Byudjeti €20 million[1]

Jahongashta quyon (inglizcha: Chickenhare and the Hamster of Darkness) 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht vakomediya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. Film rejissorlari — Ben Stassen va Benjamin Mousquet boʻlib, multfilm gʻoyasi Chris Grine qalamiga mansub Chickenhare romaniga asoslangan. Ssenariy muallifi — Dave Collard. Filmda bosh qahramonlarni Jordan Tartakow, Joey Lotsko, Laila Berzins, Brad Venable, Chris McCune, Danny Fehsenfeld, Dino Andrade, Cedric Williams va Marcus Griffin ovoz bergan. Film yarmi tovuq, yarmi quyon boʻlib tugʻilgan noyob jonzod — Xoʻrozquyonning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻrozquyon — yarim xoʻroz, yarim quyon boʻlgan noyob jonzot. Taniqli jahongashta — qirol Peterning asrab olingan farzandi. Xoʻrozquyon boshqa quyonlarga oʻxshamas edi. Boshqalar uning ustidan kulishganlari uchun oʻzini boshqalarga xoʻroznikiga oʻxshash oyoqlari va boshidagi patlarni yashirish orqali faqat quyon sifatida koʻrsatdi. Uzoq yillar oʻtib, qirollik uchun ahamiyatli boʻlgan musobaqa oʻtkaziladigan kun keldi, bu shunday musobaqa ediki, uning gʻolibi Sarguzasht izlovchilar qirollik jamiyatining bir umrlik aʼzosiga aylanar edi. Xoʻrozquyon bu musobaqada qatnashishni uzoq yillardan beri kutgan edi. Biroq, oʻzining xoʻroznikiga oʻxshash oyoqlarini yashirganligi pand berib, musobaqadan muvaffaqiyatsiz oʻtdi. Ammo, u Sarguzasht izlovchilar qirollik jamiyatiga aʼzolikni boy berishni istamay, qadimiy artefakt — Zulmat ogʻmaxonini topishga qaror qiladi. Bu haqda koʻproq maʼlumot topish ilinjida, johil amakisi — Lapinning yoniga boradi. Lapin ukasi boʻlgan qirol Peterni (Xoʻrozquyonning otasi) taxtdan agʻdarishga uringanligi uchun qamoq jazosiga hukm qilingandi. Ammo, Lapin Xoʻrozquyon bilan uchrashuvidan soʻng, qamoqdan qochib ketib, artefatni topishga yoʻl oladi. Artefakt egasiga ulkan qudrat ato etar edi. Xoʻrozquyon amakisi Lapinning artefaktni qoʻlga kiritishini oldini olish maqsadida sodiq xizmatkori Abe ismli nekbinlikdan yiroq toshbaqa hamda Meg ismli jang sanʼati ustasi boʻlgan sassiqkoʻzan hamrohligida epik sayohatga otlanadi.

Ovozl berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jordan Tartakow — Xoʻrozquyon
  • Joey Lotsko — Abe
  • Laila Berzins — Meg
  • Brad Venable va Chris McCune — Peter
  • Danny Fehsenfeld — Lapin
  • Joseph Camen — Luther
  • Dino Andrade — Barry
  • Cedric Williams va Marcus Griffin — Lance va Whitey

Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongashta quyon premyerasi 2022-yil 16-fevral kunida Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgda boʻlib oʻtdi.

Film Netflix va AQSHning boshqa hududlarida 10-iyun kuni katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Van Gils, Lieven „"Hopper & de hamster der duisternis": een Belgische haas met kippenpoten gaat de concurrentie aan met Disney en Pixar“ ["Hopper & the Hamster of Darkness": A Belgian Chicken Feet Hare Takes on the Competition with Disney and Pixar] (niderlandcha). VRT (2022-yil 16-fevral). Qaraldi: 17-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]