Jahon chempionatining barcha gʻoliblari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Futbol boʻyicha ilk Jahon kubogi 1930-yilda oʻtkazilgan[1]. Urugvay terma jamoasi 2 bor 1930 va 1950-yillarda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan. 1930-yilgi mundialning finalida Argentina Urugvay terma jamoasi qarshi maydonga tushdi.Yakunda esa 4:2 hisobida Urugvay terma jamoasi gʻalaba qozongan.

1934-yilgi mundialda Italiya milliy terma jamoasi final bosqichida CHexoslovakiya milliy terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan holda birinchi bor „Oltin mabuda“ni qoʻlga kiritgan. Ikkinchi jahon urushi sababli 1942 va 1946-yillardan boshqa mundial har toʻrt yilda bir marotaba dunyoning eng kuchli futbol terma jamoasini aniqlab beradi. Braziliya milliy futbol terma jamoasi ilk bor 1958-yili oʻtkazilgan jahon chempionligiga sazovor boʻladi. SHu bilan bir qatorda 1962,1970,1994 va 2002-yillarda Braziliya mundial shohsupasiga koʻtarildi[2]. 1966-yili oʻtkazilgan mundialda Angliya terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ingilizlar Jahon chempionatining yakuniy final bosqichida Germaniya milliy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etgan holda birinchi bor mundial gʻolibligini tantana qiladi.

Argentina terma jamoasi 1978-yilgi Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi va 3:1 natijasida „uchar gollandlar“ni magʻlub etib mundial gʻolibiga aylanadi. Futbol boʻyicha jahon chempionatining 1998-yilgi turnirida Fransiya terma milliy jamoasi mezbonlik qilgan. Ushbu turnirning yakuniy final bosqichida Fransiya milliy terma jamoasi Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, yirik 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Ispaniya terma jamoasi 2010-yili Janubiy Afrika Respublikasida oʻtkazilgan mundialda birinchi chempionligini nishonlaydi.

Jahon chempionati gʻoliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yil (Urugvayda):Urugvay milliy terma jamoasi Argentinani 4-2 hisobida magʻlubyatga uchratib jahon kubogiga ega chiqadi.

1934-yil (Italiyada):Italiya milliy terma jamoasi 2-1 hisobida Chexoslovakiyani magʻlubyatga uchratgan holda mundial gʻolibiga aylandi. 1938-yil (Fransiya):Italiya milliy terma jamoasi Vengriya ustidan 4-2 hisobda gʻalabani tantana qiladi.

1950-yil (Braziliya): Urugvay milliy terma jamoasi Braziliya ustidan 2:1 gʻalaba qozonadi.

1954-yil (Shveysariyada):Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi Vengriya ustidan 3-2 hisobida gʻalabaga erishdi.

1958-yil (Shvetsiyada):Braziliya milliy terma jamoasi Shvetsiya ustidan 5-2 hisobida gʻalabaga erishadi.

1962-yil (Chili):Braziliya milliy terma jamoasi Chexoslovakiya ustidan 3-1 hisobda gʻalaba qozonadi.

1966-yil (Angliya):Angliya milliy terma jamoasi Gʻarbiy Germaniya ustidan 4-2

1970-yil (Meksika):Braziliya milliy terma jamoasi Italiya ustidan 4-1 hisobida gʻalaba qozonadi.

1974-yil (Gʻarbiy Germaniyada): Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi Gollandiya ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozonadi.

1978-yil (Argentina):Argentina milliy terma jamoasi Gollandiya ustidan 3-1 hisobida gʻalaba qozonadi.

1982-yil (Ispaniya):Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi Italiya ustidan 3-1 hisobida gʻalaba qozonadi.

1986-yil (Meksika):Argentina milliy terma jamoasi Gʻarbiy Germaniya ustidan 3: 2 hisobida gʻalaba qozonadi.

1990-yil (Italiyada): Gʻarbiy Germaniya Argentina ustidan, 1: 0 hisobida gʻalaba qozonadi.

1994-yil (AQSh):Braziliya milliy terma jamoasi Italiya ustidan 0-0 va 3-2 penaltilar seriyasida gʻalaba qozonadi.

1998-yil (Fransiya):Fransiya milliy terma jamoasi Braziliya ustidan 3-0 gʻalaba qozonadi.

2002-yil (Janubiy Koreya va Yaponiyada): Braziliya milliy terma jamoasi Germaniya ustidan 2:0 gʻalaba qozonadi.

2006-yil (Germaniya):Italiya milliy terma jamoasi Fransiya ustidan 1: 1. Penatilar seriyasida 5-3 hisobida gʻalaba qozonadi.

2010-yil (Janubiy Afrikada): Ispaniya milliy terma jamoasi Gollandiya ustidan, qoʻshimcha vaqtda kiritilgan gol hisobiga gʻalaba qozondi. Yakuniy hisob 1:0.

2014-yil (Braziliya):Germaniya milliy terma jamoasi Argentina ustidan minimal 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi.

2018-yil (Rossiya):Xorvatiyani 4:2 hisobida magʻlub etgan Fransiya futbol boʻyicha jahon chempioni boʻldi

2022-yil (Qatar): Juda ham shiddatli kechgan bahs 3:3 hisobida yakunlandi va Argentina penaltilar seriyasida 4:2 hisobida Fransiya ustidan g’alaba qozonib, Jahon Kubogiga ega chiqdi[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jahongir Sotvoldiyev. „Jahon chempionatining barcha g'oliblari“ (O'zbekcha). CHampionat.asia (6-fevral 2018-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  2. Bridget Jonson. „Jahon chempionati g'oliblari“ (O'zbekcha). uz.eferrit.com. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  3. „JCH-2018: Fransiya ikki karra mundial g‘olibi!“ (O'zbekcha). Gazeta.uz (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.