J (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
J
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Chung Jae-young
2-may 1977
Fuqaroligi AQSh
Janr K-pop
Faoliyat yillari 1998-hozirgacha

Chung Jae-young (koreyscha: 정재영 ; 1977-yil 2-mayda tugʻilgan)[1], J va J.ae sahna nomlari bilan koʻproq tanilgan Janubiy Koreyada yashovchi koreys-amerikalik qoʻshiqchi. U 1998-yilda J: Gold albomi bilan debyut qilgan[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

J San-Franciscoda (Kaliforniya) va keyinchalik Virginia shtatining Springfield shahrida oʻsgan va u yerda West Springfield oʻrta maktabida oʻqigan[3]. U Washington, Kolumbiya okrugidagi mintaqaviy Miss Korea goʻzallik tanlovida mahalliy unvonni qoʻlga kiritgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda u oʻzining blue/gold nomli albomi bilan debyut qilgan. 200-yil Seoul Records leybli ostida in L.O.V.E nomli albomini chiqargan. 2002-yilda J FIFA Jahon chempionatining rasmiy albomiga oʻz isteʼdodini qoʻshishga taklif qilingan. Uning „Gotta Get Love“ qoʻshigʻi 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati Koreya/Yaponiya nashrining rasmiy albomida namoyish etilgan[4].

2007-yilda u In My Lifetime nomli nasroniy talqinda aytilgan albomini chiqargan. Albom oldingi nashrlariga qaraganda koʻproq R&B/hip-hop tuygʻusiga ega edi[5].

2012-yilda J Arirang TV telekanalinong The Sensation[6] nomli mukofotga sazovor boʻlgan hujjatli, musiqaga yoʻnaltirilgan serialida koreys anʼanaviy cholgʻu asboblarini, musiqa va raqslarini koʻplab joylarda, jumladan, kontsertlarda, studiya tomoshalari uchun lavhalarda ijro etib, dunyo miqyosida ingliz tilida soʻzlashuvchi auditoriyaga tanishtirgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 14-sentyabrda J Janubiy Koreyada joylashgan amerikalik askarga turmushga chiqdi[7]. Nikohdan keyin er-xotin AQShga koʻchib oʻtgan. Ularning 2016-yil 28-iyunda dunyoga kelgan bir qizi bor[2].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Chiqarilgan sanasi[5] Til Leybl
VOL. 1 — Blue/Gold 1998 Koreyscha Seoul Records
VOL. 2 — In L.O.V.E. 2000 Koreyscha Seoul Records
VOL. 2.5 — Chocolate Noyabr, 2000 Inglizcha Seoul Records
VOL. 3 — Beautiful Ones Iyun, 2001 Koreyscha Pony Canyon
Best & Live (Greatest Hits) 19-dekabr, 2001 Koreyscha va inglizcha Seoul Records
VOL. 4 — Dim The Lights 12-aprel, 2002 Koreyscha Seoul Records
VOL. 5 — The Crush of Love 23-sentyabr, 2004 Koreyscha Plyzen
In My Life 19-mart, 2007 Koreyscha Seoul Records
Through Tears 18-mart, 2007 Koreyscha SBSi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „제이“ (koreyscha). Daum Encyclopedia. 8-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2018-yil.
  2. 2,0 2,1 Kwon. „제이, 결혼 3년 만에 득녀…'미군 남편과 미국 생활'“ (koreyscha). Kukmin Ilbo (29-iyun 2016-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 „J.ae (제이)“. KBS World Radio. KBS. 3-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  4. „www.filmmusic.ru – 2002 FIFA World Cup Official Album – Songs of Korea/Japan (2002)“. 28-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 „사이좋은 사람들 싸이월드“ (ko). Cyworld. 9-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2007-yil. (Google translation)
  6. „Asia Heartbeat arirang“. Arirang International Broadcasting Foundation. [sayt ishlamaydi]
  7. Lee. „Singer J to marry U.S. soldier“. Korea JoongAng Daily (30-mart 2013-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2018-yil.