Ixtioftirioz
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Ixtioftirioz – akvarium va Chuchuk suv baliqlarining deyarli barcha turida uchraydigan o‘ta xavfli kasallik bo‘lib, Ophryoglenidae oilasi, Tetrachimenidas Ichthyophthirius turkumiga kiruvchi infuzoriyalar tomonidan chaqiriladi. Dengiz baliqlarida shunga o‘xshash kasallikni Cryptocarion turkumiga mansub ixtioftirius deb ataluvchi infuzoriyalar chaqiradi. Ixtioftirioz ko‘proq yer sharining issiq hududlarida tarqalgan. Ixtioftirioz Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Kanada, Amerika, Rossiya baliqchilik xo‘jaliklarida tez-tez uchramoqda. Kasallik,shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo respublikalarida va Kavkazortida qayd etilgan. Og‘ir kasalliklar singari bu ham zich joylashgan baliqli suv havzalarida uchraydi. Ko‘p miqdorda yosh va voyaga yetgan baliqlarning nobud bo‘lishi tufayli katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Qo‘zg‘atuvchi. Qo‘zg‘atuvchi bo‘lib bitta tur Ichthyophthirius multiphiliis F. (1876) hisoblanadi. Bu kasallik qo'zg'atuvchisi sharsimon infuzoriya. Bu infuzoriyaning tanasi tashki tomonidan ko'p sonli kipriklar bilan qoplangan. Yumaloq infuzoriyalar baliq tanasida, terisida, jabrasida, ko'z shox pardasida keng tarqaladi. Asosan karpsimonlarda keng tarqalib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Baliq terisi va jabrasida joylashgan infuzoriya oq shishlar hosil qiladi. Shishlarning diametri 1 mm ni tashkil qiladi. Shishlar to'liq yetilgandan so'ng yoriladi, so'ngra parazit suv tubiga tushib sistaga o'raladi. Har bir sistadagi infuzoriya rivojlanadi, bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Har bir sistada 200 gacha daydi hujayralar hosil bo'ladi. Daydi yosh infuzoriyalar sistadan chiqib, suvda suzadilar va suv bo'ylab tarqaladilar. Tashqi muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot kechirishi mumkin. Baliqga duch kelishi bilan ularning terisiga yopishib oladi va yangi hayot siklini boshlaydi va parazitlar geometrik progress orqali ko'payadi. Bu parazit uchun siklli ko‘payish xos bo‘lib, ko‘payish jarayonida uning morfologiyasi xam o‘zgaradi. Baliqlarda voyaga etgan parazit davri – trofonta parazitlik qiladi. Torfontaning tanasi deyarli yumaloq yoki tuxumsimon. Old tarafida uncha katta bo‘lmagan og‘iz bo‘shlig‘i va halqumi bor. Butun tana yuzasi meridional joylashgan kiprikchalar bilan qoplangan, ular og‘iz teshigida birlashishadi. Tanasining o‘rtasida yo‘g‘on kolbasimon makronukleos joylashgan, uning o‘yilgan qismida esa ko‘zga tashlanmaydigan mikronukleos joylashgan. Sitoplazmada bitta qisqaruvchi vakuolasi bor.