Ivan Dodonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ivan Kuzmich Dodonov (1900-yil 22-iyun (5-iyul)da tugʻilgan — 1987-yil 26-iyulda vafot etgan) — sovet tarixchisi, Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947-yil), SSSR Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori vazifasini bajaruvchisi (1953-yil).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Kuzmich Dodonov 1900-yil 22-iyunda (5-iyul) Saratov viloyatining maʼmuriy-hududiy birligidagi Balashovskiy uyezdida dunyoga kelgan.

  • 1921-yilda — Kommunistik partiya aʼzosi.
  • 1938-1951-yillarda — Oʻzbekiston SSRda partiyaviy va ilmiy-pedagogik yoʻnalishda faoliyat koʻrsatgan.
  • 1947-yilda — Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlangan.
  • 1952-yilda — Moskva davlat universiteti va Moskva davlat tarix va arxiv institutida dars bergan.
  • 1953-yilda — SSSR Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan.

Ivan Kuzmich Dodonov 1987-yil 26-iyulda dunyodan koʻz yumgan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Pobeda oktyabrskoy revolyutsii v Turkestane“, Tashkent, 1958;
  • „Ocherki istorii Kommunisticheskoy partii Turkestana“, Tashkent, 1958 (soavtor);
  • „Istoriografiya istorii SSSR s drevneyshix vremen do Velikoy oktyabrskoy sotsialisticheskoy revolyutsii“[1], M., 1961 (soavtor).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]