Iste’molga yaroqli idishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isteʼmolga yaroqli idishlar — bu foydalanishdan keyin yeyish mumkin boʻlgan idishlar. Isteʻmolga yaroqli idishlar uy sharoitida yoki sanoat miqyosidagi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shakar xamiridan tayyorlangan isteʼmolga yaroqli idishlari (likopcha, stakan, oshxona anjomlari) XVI asrdan beri qoʻllanila boshlangan va oʻsha davrlarda boylik belgisi hisoblangan[1]. 1562-yilda kimyogar Jirolamo Rushelli[2] kitobida pichoq, vilkalar va qoshiq kabi oshxona anjomlari retsepti nashr etilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolga yaroqli idishlar atrof-muhitni ifloslantiruvchi materiallardan (shu jumladan plastmassadan) tayyorlangan idishlarga ekologik alternativ sifatida qabul qilinadi.

Hozirgi vaqtda isteʼmol qilinadigan idishlarni sanoat ishlab chiqarishi anʼanaviy materiallardan — plastik, alyuminiy, yogʻoch va boshqalardan tayyorlangan idishlar bilan taqqoslanmaydi. Baʼzi tadqiqotchilar kelajakda idishlar va oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun biologik parchalanadigan isteʼmol qilish mumkin boʻlgan materiallardan, yani sabzavotlar, mevalar, kraxmal, un mahsulotlari, dengiz oʻtlaridan foydalanishni taxmin qilishmoqda[3].

Amalga oshirilayotgan misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • London marafonining tashkilotchilari isteʼmol qilinadigan suv sharlaridan foydalanishadi. Kapsulalar suv oʻtlaridan qilingan. Idish olti hafta ichida butunlay parchalanadi. 2019-yilda London marafonida 30 000 dan ortiq biologik parchalanadigan kapsulalar ishlatilgan[4].
  • Hindistonning Bakeys kompaniyasi guruch unidan isteʼmolga yaroqli boʻlgan idishlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.
  • Boshqirdistonda un, tuxum va sariyogʻdan isteʼmolga yaroqli qoshiqlarni sanoat ishlab chiqarishi mavjud. Oyiga 100 ming qoshiqgacha ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun mablagʻ yigʻish kraudfanding platformalari yordamida amalga oshirildi[5]. Texnologlarning taʼkidlashicha, birinchi taomlarni isteʼmolga yaroqli boʻlgan qoshiq bilan yeyish mumkin, chunki qoshiq 10-15 daqiqa davomida namlanmaydi[6]. Mahsulot mamlakatning 30 ta hududida ishlab chiqarilib, Belarus va Qozogʻistonga ham eksport qilinmoqda.
  • Samara davlat texnika universiteti qovoq, qovoqcha va olma pyuresidan isteʼmolga yaroqli idishlar ishlab chiqardi. Loyiha kosmonavtlar uchun orbitada axlat chiqindilarini minimallashtirish uchun eksperimental, ekologik toza variant sifatida ishlab chiqilgan. Bitta isteʼmolga yaroqli stakan ishlab chiqarish uchun 200 gramm olma pyuresi kerak boʻladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]