Kontent qismiga oʻtish

Issiqlik nasosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Issiqlik nasosi - issiklik energetika kurilmasi. Vazifasi — past trali issiqlik bergich (mas, suv) issiklik energiyasini yuqori trali issiklik qabul qilgichga uzatish. I. n. ning ishlashi uchun tashqi energiya (mexanik, elektr, kimyoviy) sarf boʻlishi kerak. I. n. da sodir boʻladigan jarayonlar sovitish mashinasida ish jismi amalga oshiriladigan jarayonlarga oʻxshash; lekin sovitish mashinasida sovuq, I. n. da issiklik bilan ish koʻriladi. I. n., asosan, yuqori bosimli kondensator, past bosimli buglat-kich, kompressor va drosselli ventildan iborat. Rasmda isitish uchun moʻljallangan I. n. sxemasi berilgan. Past temperaturada qaynovchi suyuklik (xlorometil, freon, ammiak) temperaturasi uncha yuqori boʻlmagan suv havzasi issiqligi hisobiga bugʻlanadi. Ajralgan bugʻ kompressorda siqiladi va isitish ti-zimidagi issiklik eltuvchi (ishlatilgan suv) sovitiladigan yuqori bosimli kondensatorda kondensatlanadi. Suyuklik drosselli ventildan oʻtib, bosimi pasayadi va bugʻlatkichga kiradi. Sikllar shu tarzda takrorlanaveradi. Issiklik qabul qilgich ajratkichdan oʻtgan issiklikdan tashqari sarflangan energiyaga teng issiqlikni ham olgani uchun I. n. elektr, mexanik yoki kimyoviy energiyani bevosita issiqlikka aylantiradigan qurilmalarga nisbatan ancha samarali hisoblanadi. I. n. binolarni isitishda va texnologiya jarayonlarida qoʻllanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil