Isroil — Kipr munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isroil — Kipr munosabatlari Kipr Respublikasi va Isroil oʻrtasidagi ikki tomonlama xalqaro diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, savdo, harbiy, madaniy va boshqa, tarixiy munosabatlardan biri hisoblanadi.

Ikkala davlat ham Oʻrta yer dengizi ittifoqi, BMT, Yevro-Atlantika hamkorlik kengashi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va Jahon savdo tashkiloti kabi tashkilotlarga aʼzosi hisoblanadi..

Isroil va Kipr oʻrtasidagi yaqin munosabatlar Gʻarb qadriyatlarini oʻzaro hurmat qilish, erkin bozor iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash va Yaqin Sharqda tinch-totuv yashaydigan demokratiyalarni yaratishga asoslangan. Kipr va Isroil oʻrtasidagi mustahkam ittifoq harbiy, madaniy va siyosiy masalalarda yaqin hamkorlikni oʻz ichiga oladi[1]. Kiprdagi neft va gaz konlarini birgalikda foydalanish istiqboli, dunyodagi eng uzun suv osti Grek-Kipr-Isroil elektr kabeli ikki davlat aloqalarini yanada yaqinlashtirdi[2].

Kipr va Isroil ham Usmonlilar imperiyasining vorisi hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiprdagi yevropalik yahudiylar uchun deportatsiya lagerlari

Ikkinchi jahon urushi paytida va undan keyin darhol Kipr Majburiy Falastinga kirishni istagan yahudiy Xolokostdan omon qolganlar uchun tranzit nuqtasiga aylandi. Kipr Britaniya mustamlakasi edi. 1946-yildan 1949-yilgacha Kiprdagi Britaniya lagerlarida 53 mingga yaqin yahudiy qamoqqa olingan[3].

Ikki tomonlama munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980—1990 yillarda Kipr Isroil va Turkiyaning mudofaa sohasida yaqin hamkorligidan xavotir bildirgan. Kipr Arab—Isroil mojarosida falastinliklarni ochiq qoʻllab-quvvatladi va Falastinni de-fakto davlat sifatida rasman tan oldi.


Iqtisodiyot va moliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning noyabr oyida Isroil, Gretsiya, Kipr va Italiya ushbu mamlakatlarni bog‘laydigan Isroil va Kipr tabiiy gazini Yevropaga yetkazadigan gaz quvurini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Gaz quvurini yotqizish boʻyicha ishlar 5 yil davom etadi va 7 milliard evroga baholanadi. Gaz quvuri 2200 km ga choʻzilgan[4].

2020-yil yanvar oyi boshida Netanyaxu Gretsiyaga rasmiy tashrif buyurdi. Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, Kipr Prezidenti Nikos Anastasiadis bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Isroil va Kipr gaz konlarini Yevropa gaz bozori bilan bog‘lovchi gaz quvurini yotqizish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Israel's New Allies“. The National Interest. Qaraldi: 2016-yil 17-aprel.
  2. Offshore-Gateway.eu. „EuroAsia Interconnector Project; Israel-Cyprus-Greece“. Offshore-Gateway (2012-yil 27-yanvar). 2012-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-yanvar.
  3. „Holocaust Survivors as Immigrants: The Case of Israel and the Cyprus Detainees“. Qaraldi: 2016-yil 17-aprel.
  4. Izrail, Gresiya, Kipr i Italiya dogovorilis o nachale stroitelstva samogo glubokovodnogo gazoprovoda v mire, NEWSru.co.il
  5. Netaniyagu pribil s ofitsialnim vizitom v Gresiyu, NEWSru.co.il