Kontent qismiga oʻtish

Israel Hershberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Israel Hershberg (ivritcha: ישראל הרשברג; 1948-yilda tugʻilgan) – Quddusda yashab, faoliyat yuritadigan rassom. Shuningdek, Quddus studiya maktabining direktori va asoschisi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroil Hershberg 1948-yili Avstriyaning Lints shahrida tugʻilgan. Ota-onasi bilan 1949-yili Isroilga, 1958-yilda Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtadi[2]. U yerda 1966-yildan 1968-yilgacha Bruklindagi Bruklin muzey maktabida oʻqigan. 1972-yili Bruklin, Nyu-York, Pratt institutida tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavrni bitiradi. 1973-yilda Nyu-York shtatidagi Albani, Nyu-York shtati universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini olgan. 1973-yildan 1984-yilgacha Merilend instituti sanʼat kollejida rasm va chizmachilikdan, 1984-yilda esa Nyu-York sanʼat akademiyasida dars bergan. U oʻsha yili turmush oʻrtogʻi bilan birga Isroilga koʻchib oʻtadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hershberg 1998-yilda Quddus studiya maktabiga asos solgan. Quddusning Talpiot mahallasida joylashgan xususiy sanʼat maktabi boʻlib, unda tasviriy sanʼat anʼanalari doirasida rasm chizish va boʻyash boʻyicha intensiv treninglarini tashkil qilgan[3]. Bu maktab Isroildagi qadimgi ustalar anʼanalarini kuzatish asosida realistik rasm chizishni oʻrgatuvchi birinchi maktab boʻlgan[4] . Hershberg maktabning „master-klass“ dasturini boshqarib, JSS badiiy rahbari boʻlgan[5].

U 2014-yilda Civitadagi JSS – yozgi sanʼat maktabida, keyin Italiyadagi rezidentlik va Civita Castellana yozgi sanʼat dasturiga asos soladi[6]. Gershbergning fikricha, haqiqiy rassom uchun „haqiqat – bu tuganmas zavq, koʻzlarga cheksiz quvonch bagʻishlaydi“. U Albert Yorkning: „Menimcha, biz jannatda yashaymiz. . . . Bu Edenning bogʻidir“, – deb aytgan soʻzlaridan iqtibos keltiradi[5].

Hershbergning ijodiy ishi xalqaro miqyosda shaxsiy va davlat kolleksiyalariga kiritilgan. U Nyu-Yorkdagi Marlboro galereyasi vakili hisoblanib, Isroilning Quddus shahrida istiqomat qiladi[7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Israel Hershberg 1980-yilda Ford fondi stipendiyasi sohibi boʻlgan. 1991-yili Isroil sanʼati uchun Sandberg mukofotini, 1998-yilda Isroil sanʼati uchun Tel-Aviv muzeyi mukofotiga sazovor boʻladi. Uning ijodiy ishlari Quddusdagi Isroil muzeyi, Tel-Aviv sanʼat muzeyi, Nyu-York shahridagi yahudiy muzeyi va Ottavadagi Kanada milliy galereyasi tomonidan sotib olingan.

Galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fields Of Vision At The Israel Museum“. HuffPost (2013-yil 14-yanvar).
  2. „Interview with Israel Hershberg“. Painting Perceptions (2011-yil 1-fevral).
  3. Levine, Angela „Gershuni – the Second Generation | MidnightEast“.
  4. „Karpel, Dalia. "True Colors," Ha'aretz, November 8, 2009“.
  5. 5,0 5,1 [1]"In the Garden of Eden, " Aryeh Tepper, July 14, 2010, Jewish Ideas Daily
  6. „Master Class Residency“. JSS in Civita (2012-yil 4-aprel).
  7. „Marlborough Gallery“. www.marlboroughgallery.com.

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Schwarz, Arturo. Love at First Sight, The Israel Museum, Jerusalem, 2001, pp. 75–76, 100.
  • Goodman, Susan Tumarkin. After Rabin – New Art from Israel, exhibition catalog, The Jewish Museum, New York, 1998, pp. 69, 80.
  • Green, David. "Master of the Class, " The Jerusalem Report, February 5, 1998, pp. 42–44.
  • Kushner, Anita. „Confronting the Human Figure“, Haaretz Magazine, March 12, 1999, p. 25.
  • Sheffi, Smadar. „Return to Realism“ („Hazarah l’Realizm“, in Hebrew), Haaretz, August 3, 1999.
  • Hausman, Tamar. „Getting It All Figured Out“, Haaretz, March 16, 2001.
  • Burstein, Dror. „Turning the Bowl on its Edge“ („Hofech et HaKearah Al Piha“, in Hebrew), Kol HaʼIr, Dec. 5, 2003, p. 67.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]