Rahim Isoxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Isoxoʻjayev Rahimdan yoʻnaltirildi)

Rahim Isoxoʻjayev (1917.15.10 -Toshkent – 2001.2.12) – sozanda (doira). Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Us t a Olim Komilovning shogirdi. 1933—36 yillarda Qoraqalpoq musiqali drama teatrida, 1938—77 yillarda Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet) teatrida sozanda. Mazkur teatrlarning spektakllaridagi bir qancha milliy raqslarni sahnalashtirishda faol qatnashgan. I. „Pilla raqsi“, „Gulsara“, „Zang“, „Larzon“, „Tantana“, „Katta oʻyin“, „Shodiyona“ va boshqalar usullarni mahorat bilan ijro etgan. Koʻpgina chet mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil