Dilbar Ismoilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ismoilova Dilbar Obidovnadan yoʻnaltirildi)

Dilbar Obidovna Ismoilova (1938.11.8, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Zaynab Savriyevaning qizi. Toshkept teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 195887 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Oʻzbek davlat drama teatrida aktrisa. „Xolisxon“ (Hamza) spektaklidagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Oʻz ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlar yaratgan: Qamarabonu (B.Avazov, „Furqat“), Kamola (R. Tagor, „Gang daryosining qizi“), Guli (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Nuri (Oybek, „Qutlug qon“), Margarita (A. Dyuma, „Ajal minorasi“), Oyimjahon (K. Yashin, „Buxoro“), Lutfi (S. Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Anvara, Risolat (Oʻ. Umarbekov, „Qiyomat qarz“, „Shoshma, quyosh“), Uvaysiy (T. Toʻla, „Nodirabegim“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Bayla (P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“), Mastura satang (Hamza, „Paranji sirlari“), Gonerilya (U. Shekspir, „Qirol Lir“) va boshqa obrazlarni jonlantirgam dublyaj sanʼati ustalaridan. U „Ganga va Jamna“, „Hur qizlar“, „Anna Karenina“, „Morena Klara“, „Muhabbat qahvasi“, „Gvadalaupe“ va boshqa filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1998)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil