Ismoiljon Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ismoiljon Qurbonovich Qurbonov(1931-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismoiljon Qurbonov 1931-yil Andijon viloyatida tavallud topgan.KPSS a'zosi.

1946-yildan - iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshlagan.1946—1988-yillarda - Andijon viloyati Oim tumanida kolxozchi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Aim” sovxozi direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Xoʻjaobod tuman qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ishlaga. Ismoiljon Qurbonov Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari boʻlgan.Ismoiljon Qurbonov Mehnat Qizil Bayroq ordeni va Oktyabr inqilobi ordeni bilan taqdirlangan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • Oktyabr inqilobi ordeni

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismoiljon Qurbonovich Qurbonov 2010-yil 10-martda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]