Mirzakalon Ismoiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ismoiliy Mirzakalondan yoʻnaltirildi)
Mirzakalon Ismoiliy
Tavalludi 15-oktyabr 1908
Vafoti 5-may 1986
Fuqaroligi SSSR

Mirzakalon Ismoiliy (1908.15.10, Oʻsh — 1986.5.2, Toshkent) — oʻzbek yozuvchisi, tarjimon.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetida oʻqigan (1928—30), rabfakda dars bergan. Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (1932—37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), Yozuvchilar uyushmasi (1939), „Qizil Oʻzbekiston“ gaz. (1948-49) va „Sharq yulduzi“ jurnalda (1949—50) ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Qatagʻonga uchrab 1950-55 yillarda qamalgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1955—58). „Ozod inson haqida qoʻshiq“ hikoyalar toʻplami (1948), „Keng maydonlar“ pyesasi (1949) muallifi. „Fargʻona tong otguncha“ tari-xiy romani (1—2-kitob, 1958—1968)da 20-asr boshidagi oddiy kishilarning maʼrifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-asr boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. „Bizning roman“ (1962), „Inson husni“ (1969) va „Odamiylik qissasi“ (1972), „Qizlar daftari“ (1980), „Oʻzingdan koʻr“ (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va oʻzaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. M. I. jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil