Islom garay iii

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Islom garay iii, Islom Geray III (1604-54) — Qrim xoni (1644—54); Salomat Garayning oʻgʻli. 1644-yil turk sultoni uni ukasi Muhammad Garay oʻrniga xon etib tayinlagan. 1648-yil I. G. III Bogdan Xmelnitskiy bilan ittifoq tuzgan, bundan maqsadi Polsha va Ukrainani zaiflashtirib ularning hududiga bostirib kirish edi. 1649-yil Zborovo jangida qatnashib, B. Xmelnitskiyni polyaklar bilan bitim tuzishga majbur qilgan, natijada Polsha uzil-kesil magʻlubiyatdan saqlanib qolgan. Berestechko (1651) va Jvanets (1653) janglarida I. G. III ning xiyonati polyaklarni ikki marotaba magʻlubiyatdan asrab qolgan va bu bilan ukrain xalq-ozodlik armiyasini mushkul ahvolga solib qoʻygan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil