Toʻlqin Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iskandarov Toʻlqin Iskandarovich (1939.25.4, Toshkent) — gigiyenist, Oʻzbekiston FA akad. (2000), tibbiyot fanlari d-ri (1976), prof. (1977). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1984). Tosh TIni tugatgan (1962). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari i. t. institutida lab. mudiri (1967—70), mehnat gigiyenasi boʻlimi mudiri (1970—1972), direktor (1980—89, 1995 y.dan), ToshTI kommunal gigiyena kafedrasi mudiri (1972-98). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrin-bosari (1989-95). Issiq iqlim sharoitida paxtachilikda qoʻllaniladigan pestitsidlar gigiyenasi va toksikologiyasi ustida tadqiqot olib borib, tashqi muhitni pestitsidlar taʼsiridan muhofaza qilish va aholi sogʻli-gʻini saqlash tadbirlarini ishlab chikdi.

Ac: Qishloqxoʻjaligida mineral oʻgʻitlar, pestitsidlar va bakterial vositalarni ishlatishda ehtiyot choralari, T., 1992; Ekologiya i epidemiologiya virusnogo gepatita "A" v Oʻzbekistane, T., 1993; Ekologiya i gigiyena biologicheskix sredstva zashiti rasteniy, T., 1995; Ekologiya, epidemiologiya i profilaktika xoleri, T., 1995; Oʻta xavfli bakterial va virus kasalliklari, T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil