Gʻoyibnazar Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻoyibnazar Matmurodovich Iskandarov (1934.20.11, Toshhovuz — 1994.20.12, Toshkent) — aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1957) va rejissyorlik (1983) fakultetlarini tugatgan. Hamza teatrida aktyor (1954— 61), Oʻzbekiston televideniyesida aktyor va rejissyor (1961—77), Jizzax teatrining bosh rejissyor (1977—81), Jizzax filarmoniyasining direktori (1981 —87), Oʻzbekiston radiosida rejissyor (1988—94). Asosiy rollari: Moʻmin Mirzo ("Alisher Navoiy"), Omon ("Yangi yer"), Nizom ("Hurriyat") va boshqalar. Rejissyorlik qilgan asarlari: "Jamila" (Ch. Aytmatov), "Shishali yurak" (L. Ustinov), "Beva-fo yakan" (A. Jamol, Gʻ. Iskandarov) kabi telespektakllar; "Zoʻraki tabib" (Molyer), "Oygul bilan Baxtiyor" (H. Olimjon), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (S. Ahmad) va b. spektakllar. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil