Ishqorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ishqordan yoʻnaltirildi)

Ishqorlar — suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy siste-masi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksid I. ga kiradi. I. — oq, qattiq, gigroskopik (suvga oʻch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, mas, LiOH, KON, NaOH kuchli asoslar boʻlib, oʻyuvchi I. deb ataladi. Ishqoriyer metallar gidroksidlari - Sa(ON)2, Va(ON)2, Sr(OH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi.

I. suvda toʻla dissotsiatsiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi (mas, oʻyuvchi natriy (kaustik soda) Na+ va ON~ ga parchalanadi). Bu jara-yonda koʻp issiklik ajralib chiqadi.

Tarkibida ON" ionlari borligidan I. eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod koʻrsatkich — rN>7) va lakmusni koʻk, fenolftaleinni qizil rangga boʻyaydi. I.ch. da kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan koʻpgina kimyoviy birikmalar, mas, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari — KSH, NaSH; karbonat kislotaning kaliyli va natriyli tuzlari — K2SO3, Na2CO3 va b. ham, odatda, I. hisoblanadi. I. gazlama, koʻn (teri), qogʻozga kuchli taʼsir etib, ularni oʻyib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Koʻzga ozgina tushea ham juda xavfli (koʻz koʻrmay qolishi mumkin). I. bilan ish-laganda maxsus korjoma, rezina qoʻlqop kiyib va himoya koʻzoynagi ta-qib olish zarur.

I. kimyo va oziq-ovqat, toʻqimachilik, sellyuloza sanoatida, tibbiyotda, kurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil