Ishonch yorligʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ishonch yorlig'idan yoʻnaltirildi)

Ishonch yorligʻi - biror shaxsning muayyan mamlakatda elchi yoki diplomatik vakil sifatida tayinlanganligini tasdiklovchi rasmiy xat shaklidagi maxsus hujjat. Yorliq xorijiy davlat boshligʻi nomidan uni qabul qiluvchi davlat boshligʻiga yoʻllanadi. I. yo. da mazkur shaxsga davlat manfaatlarini ifodalash topshirilganligi, uning soʻzlari va harakatlariga ishonish lo-zimligi taʼkidlanadi. Davlat boshligʻi tomonidan I.yo.ning qabul qilinishi tayinlangan va yetib kelgan xorijiy mamlakat yoki xalqaro tashkilot elchisi yoki diplomatik vakili mazkur davlatda akkreditatsiya qilingani, yaʼni oʻz vazifalarini bajarishga rasman kirishganligini bildiradi. Diplomatik vakillar vazifalarining tugashi davlat boshligʻiga chaqiruv yorligʻini takdim etish bilan rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida bu boradagi qonun-qoidalar "Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi" toʻgʻrisidagi qonun (1992-yil 3-iyul) bilan belgilanadi. Mazkur qonun "Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida"gi Vena konvensiyasi va boshqa umum eʼtirof etgan xalqaro huquqiy normalar va qoidalarga toʻla muvofikdir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil