Ishkamba shoʻrvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ishkamba shoʻrvasi
Asl nomi İşkembe çorbası(turk.)

ʻʻʻIshkamba shoʻrvasiʻʻʻ (turkcha: İşkembe çorbası, Ishkembe — qorin, çorba — shoʻrva; bolgar va makedonlarda ʻʻshkembe chorbaʼʻ) — qorin va ichak-chavoqlardan tayyorlangan shoʻrva. Forscha shekambe (شکمبه, „qorin“) va shurba (شوربا, „shoʻrva“)dan olingan[1]. Turk, bolgar, makedon, serb va bosniya oshxonalarining anʼanaviy taomi.

Turkiyada ishkamba shoʻrvasini odatda qoʻy yoki mol qornidan pishirib, sirka-sarimsoq sousi yoki tuxum-limonli terbiye sousi qoʻshib isteʼmol qilinadi. Shoʻrva oshqozonning turli qismlaridan tayyorlanishi mumkin, „Tuzlama, ishkembe, şirden va damar“ turlari uchraydi. Boshqa baʼzi mamlakatlarda boʻlgani kabi shoʻrva ham bosh ogʻrigʻiga shifo hisoblanadi va koʻpincha Yangi yil dasturxonlarida uchraydi[2][3]. Bu birinchi marta 1800-yillarda qayd etilgan, bu taom Usmonlilar orasida mashhur shoʻrva sifatida tavsiflangan va raqidan keyin tanovul qilingan[4]. Shunga oʻxshash qorin shoʻrva yoki ichak-chavoq shoʻrvasi Gretsiyada (skembés, skemuths), Bolgariyada (shkembejinitsa), Ruminiyada (ciorbă de burtă) va Bolqonda (shkembé chorba) tayyorlanadi. Turkiya va Bolqonda u milliy shoʻrva hisoblanadi.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorin va ichak-chavoqlar pishgunicha uzoq qaynatiladi, kesib, shoʻrvaga quyuqlashtiruvchi ru va bulyon qoʻshiladi, sarimsoq va ziravorlar solinadi. Retseptlarda garmdori, smetana, sut, bekon masalliq sifatida qoʻshilishi uchraydi[5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Çorba — Kelime Etimolojisi, Kelimesinin Kökeni“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  2. Annie Kay, ʻʻBulgariaʼʻ, Bradt Travel Guides, 2015, p. 57
  3. ʻʻDK Eyewitness Travel Guide: Istanbulʻʻ, 2014, p. 199
  4. „Çorba“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  5. Ishkembe (sup iz trebuxi)
  6. Kuxni narodov mira. T. 16. Tureskaya kuxnya/Baragamyan Anait. — M.: Komsomolskaya pravda — Directmedia, 2014, 70s. — S.7 (Wayback Machine saytida 2022-05-11 sanasida arxivlangan) ISBN 5747500996, 9785747500990