Isgender Aznaurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isgender Aznaurov
Hayot davri 36 yil
Tavalludi 16-avgust 1956-yil
Buxoro viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR
Vafoti 18-aprel 1993-yil(1993-04-18)
(36 yoshda)
Gadabay tumani, Ozarbayjon
Xizmatdagi yillari 1992 — 1993
Jang/urush Birinchi togʻli Qorabogʻ urushi
Mukofotlari
  • 1995 – Ozarbayjon Milliy Qahramoni
  • 1998 – Oltin yulduz medali

Isgender Aznaurov (ozarbayjoncha: İsgəndər Söhrab oğlu Aznaurov) (16-avgust 1956-yil, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR18-aprel 1993-yil, Gadabay tumani, Ozarbayjon) — Ozarbayjon milliy qahramoni, Birinchi togʻli Qorabogʻ urushi ishtirokchisi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isgender Aznaurov 1956-yil 16-avgustda Buxoro viloyatining Galaosiyo qishlog‘ida mesxeti turklar oilasida tugʻilgan[2][3][4]. 1963-yildan 1973-yilgacha o'rta maktabda o'qidi. Ukrainaning Cherkessk shahrida harbiy xizmatni o‘tagan. 1978-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga o‘qishga qabul qilingan va uni 1983-yilda tamomlagan. O‘qishni tugatgach, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ishlagan[5].

1989-yilda O‘zbekistondagi mesxeti turklari bilan O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi mahalliy o‘zbeklar o‘rtasida tartibsizliklar boshlanganidan so‘ng yuz minglab mesxeti turklar Oʻzbekistonni tark etdi. Aksariyati, ya’ni 70 mingga yaqini Ozarbayjonga ketgan[6]. Aznaurovlar oilasi 1990-yilda Ozarbayjonga ko‘chib o‘tgan va Shamkir tumanidagi Kyur qishlog‘iga joylashgan[1].

Harbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi boshlanganda (1992-yilda) Aznaurov ko‘ngilli sifatida Ozarbayjon Qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan[7]. U armanlarning pozitsiyalariga jiddiy zarar yetkazgan va bir nechta o‘q-dori omborlarini yoʻq qilgan [manba kerak]. 1993-yil yozidagi hujumlardan oldin Aznaurov armanlarning eng muhim qarorgohlarini qurol bilan vayron qildi. 1993-yil 18-aprelda Gadabay tumanining Orukdosh qishlog‘i atrofidagi jangda halok bo‘ldi.

Bokudagi Shahidlar xiyoboniga dafn etilgan[5].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aznaurov uylangan va 3 ta farzandi boʻlgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezidentning 1995-yil 15-yanvardagi 262-son Farmoni bilan Aznaurov vafotidan keyin “Ozarbayjon Milliy Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan[8].

  • 1995 – Ozarbayjon Milliy Qahramoni
  • 1998 – Oltin yulduz medali

Xotirlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shamkir tumani Kyur qishlog‘idagi 1-umumta’lim maktabiga Isgender Aznaurov nomi berildi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Şəmkirdə Milli Qəhrəman İsgəndər Aznaurovun xatirəsi anılıb“. Mod.gov.az (2017-yil 19-aprel). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
  2. Kassanov'dan Ahıskalı Türklerin Milli Kahramanı İskender Aznaurov'un Annesine Ziyaret, Dünya Ahıska Türkleri Birliği, qaraldi: 21 December 2020
  3. Şehit Aznaurov'un annesi Türkiye'ye getirildi, Ekovitrin Haber, 2020, qaraldi: 21 December 2020, „Ahıska Türklerinin milli kahramanı Şehit İskender Aznaurov’un Moskova’da yaşayan 84 yaşındaki annesi Kamile Mustafayeva, Dünya Ahıska Türkleri Birliği’nin (DATÜB) girişimleri ile Türkiye’ye getirildi.“
  4. Ahıskalı Türkler Savaşa Hazırdır, Ahıska Gençlik, 2020, 28 June 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 December 2020, „Onlardan biri de Azerbaycan’ Milli Kahramanı Ahıskalı Türk İskender Aznaurov’dur (Topçu İskender)“
  5. 5,0 5,1 „AZNAUROV İSGƏNDƏR SÖHRAB oğlu“. Milliqahramanlar.az. 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  6. UNHCR 1999b, 20.
  7. „1993 UN Security Council Resolutions on Nagorno-Karabakh“. 2001-2009.state.gov. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
  8. „National Heroes“. Azerbaijans.com. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  9. „Milli Qəhrəmanlara həsr olunmuş film çəkilmişdir“. Azertag.az (2013-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.