Internet Administrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Internet Administrator — internetga LANdan kelayotgan trafikni filtrlash uchun moʻljallangan koʻp funksiyali dasturiy taʼminot. Rossiyaning „Internet Administrator Kompani“ MChJ tomonidan ishlab chiqilgan. Mahsulot ilk marta 2003-yilda bozorga chiqarilgan, 2005-yilda ingliz tilidagi xalqaro versiya taqdimoti boʻlib oʻtgan. Dasturning asosiy vazifasi Internet tarmogʻidagi korporativ foydalanuvchilarni nazorat qilish, ularning harakatlari, jumladan taqiqlangan turdagi — pornografik, vaqtichogʻlik saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.ga kirishlarini cheklash hisoblanadi. Dasturning imkoniyatlari qatorida bir nechta parametrlar boʻyicha soʻrovlarni hisoblash va cheklash, maʼlumotlarni W3C formatiga yuklash imkoniyatiga ega boʻlgan kuchli tizimning mavjudligi, shuningdek dasturiy va apparatli taʼminotga boʻlgan talablarning kamligini taʼkidlab oʻtish lozim.

Dasturning muhim xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qoʻlda moderatsiya qilinuvchi veb-saytlarning shaxsiy kontent bazasi mavjudligi (iAdmin URL toifasidagi baza);
  • SSL va TLS trafiklarni shifrlash uchun HTTP/HTTPS proksi serverlar;
  • Active Directoryda foydalanuvchilarning autentifikatsiya moduli;
  • Trafik analizatori rejimida foydalanish imkoniyati, bu rejimda tizim tarmoq va internet kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyatiga taʼsir qilmaydi;
  • Har bir foydalanuvchi uchun yuklab olingan maʼlumotlar hajmiga koʻra trafikni cheklash va hisoblash;
  • Microsoft Internet Security and Acceleration Server va Microsoft Forefront bilan integratsiya;
  • Microsoft SQL Server serverida maʼlumotlarning markaziy omborini joylashtirishning muqobil imkoniyati;
  • Turli filtrlarga ega hisobot tizimi;
  • Har bir foydalanuvchi uchun faollik monitori;
  • Boshqaruv va sozlamalarning osonligi.

Uy uchun internet administrator[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu dasturning 2013-yilda taqdim etilgan shaxsiy versiyasi. Dastur ota-onalar nazorati funksiyasini taʼminlaydi, uy kompyuteriga oʻrnatiladi va Internet tarmogʻidagi boshqa dasturlarning har qanday faolligini nazorat qiladi. „Uy uchun Internet Administrator“ oʻzining funksiyalari bilan korporativ versiyadan ortda qolishmaydi va bepul asosda taqdim etiladi, faqatgina veb-saytlarning kontent bazasiga kirish imkoniyati bundan mustasno.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]