Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risida MDH konventsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Inson huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisidagi konventsiyasi — 1995-yilda tuzilgan xalqaro shartnoma. Hujjatning 38-moddasiga muvofiq, Konventsiya uchta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan soʻng kuchga kiradi. Konventsiyaning 34-moddasiga koʻra, u MDHning Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi 1993-yilda qabul qilingan Nizom bilan uzviy bogʻliq. 2021-yilda Komissiyani tashkil etish boʻyicha ekspertlar guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi[1].

1995-1998-yillarda Rossiya, Tojikiston va Belarus tomonidan ratifikatsiya qilingan va ular uchun 1998-yil 11-avgustdan kuchga kirgan; Qirgʻiziston hujjatni 2003-yil 21-avgustda ratifikatsiya qilgan va bu respublikada ham kuchga kirgan. Gruziya, Armaniston va Moldova tomonidan imzolangan, lekin ratifikatsiya qilinmagan[2].

2001-yilda PACE (Yevropa Parlament assambleyasi) Yevropa Kengashi aʼzolari va nomzod aʼzolariga ushbu konventsiyani imzolamaslik yoki ratifikatsiya qilmaslikni tavsiya qildi. Tashkilotga koʻra, bu konventsiya inson huquqlarini himoya qilishning EKIHga nisbatan zaifroq mexanizmini taklif qiladi[3].

Yevropa Kengashi Vazirlar qoʻmitasi Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudidan Inson huquqlari boʻyicha Yevropa Konvensiyasi hamda MDH konventsiyasi birga kuchda boʻlishiga doir xulosasini soʻradi. Biroq sud bu masala oʻz vakolatiga kirmaydi, degan xulosaga keldi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]