Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazining logotipi
Ishga tushgan sanasi 1996-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 15. 100027[1].
Direktori Saidov Akmal Xolmatovich (1996-yildan hozirga qadar)

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili:

Vebsayti http://http://insonhuquqlari.uz/

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi „Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish toʻgʻrisida“ Farmoniga asosan tashkil etilgan.
Markaz inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, milliy maʼruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlovchi davlat organi hisoblanadi.
Markaz oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Markaz har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari boʻyicha koʻmaklashadi.
Markaz Milliy preventiv mexanizm ishtirokchisi sifatida jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash maqsadida monitoring tashriflarini amalga oshiradi.
Markaz noshirlik faoliyatini olib borib, „Demokratlashtirish va inson huquqlari“ ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari boʻyicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi.
Bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga koʻmaklashish hamda aholining inson huquqlari madaniyati va savodxonligini oshirishdan iborat.

Huquqiy asosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish toʻgʻrisida“gi Qarori, 4056-son, 10.12.2018 y.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Qarori, 663-son 12.08.2019 y.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Demokratlashtirish va inson huquqlari“ jurnali tahririyatining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarori, 932-son 21.11.2019 y.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash toʻgʻrisida“gi Qarori, 180-con, 25.03.2022 y.

Vazifalari va funksiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish;
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funktsiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish;
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash;
inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish sohasida:
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari toʻgʻrisidagi hisobotlarida taqdim etilgan maʼlumotlarga sharhlar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlarning takliflarini toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlar boʻyicha tegishli choralar koʻradi;
inson huquqlari, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini shakllantirishga koʻmaklashadi;
b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish sohasida:
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilishi masalalari boʻyicha maʼlumot toʻplashni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qilish holatini tizimli tahlil qiladi va umumlashtiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning, shu jumladan maʼlumotlar bazasidan foydalanish orqali milliy harakat rejalarini amalga oshirish boʻyicha yaxlit uslubiyotni ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini bajarish boʻyicha davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan koʻrib chiqishning tizimli monitoringini amalga oshiradi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek, ularning hal qilinishi monitoringi va tahlilini oʻtkazishni amalga oshiradi;
v) Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari taʼminlanishi holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni har yili chop etadi;
milliy maʼruzalar tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va maʼlumotlarini yigʻishni muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini tayyorlash va taqdim etish jarayoniga inson huquqlari koʻrsatkichlarini moslashtirish va tatbiq qilish boʻyicha choralar koʻradi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida BMTning ustav va shartnomaviy organlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy maʼruzalarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish toʻgʻrisida oraliq axborotlar taqdim qiladi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlashtiruvchi kengashlar oʻtkazadi;
davlat organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalarining muhokamasini oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va shartnomaviy organlariga taqdim qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli milliy va davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga oʻz vaqtida joʻnatishni taʼminlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqish va bajarish boʻyicha davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boshqarishni hamda ularning samarali hamkorligini taʼminlaydi;
manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish boʻyicha maslahatlashuv oʻtkazadi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha tasdiqlangan milliy harakat rejalari („yoʻl xaritalari“) mas’ul ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklariga rioya qilish va ularni himoya qilishni taʼminlash sohasidagi ilgʻor oʻzgarishlarni tavsiflovchi inson huquqlari boʻyicha axborot-tahlil va statistik maʼlumotlarning yagona bazasini shakllantiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va uning ishlashini taʼminlaydi;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishi holati haqidagi xolis axborotning chop etilishini tashkillashtiradi;
g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oshiradi va inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilinishini taʼminlash choralarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va tegishli davlat organlari tomonidan ularning amaliy ijrosi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va muhokamasida ishtirok etadi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash tashabbuslari bilan chiqadi va ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokamasini oʻtkazadi, shuningdek, ularni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlariga kiritadi;
d) inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funktsiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish sohasida:
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari borasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etadi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
e) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish sohasida:
inson huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha maʼrifat va taʼlim tizimini takomillashtirishga yordam koʻrsatib, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan milliy dasturlar va harakat rejalarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha adabiyotlar, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlaydi va taqdim qiladi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha davlat organlari xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlarini va tartibini shakllantiradi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalarini, muqobil maʼruzalarni, inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar soʻrovlariga javoblarni tayyorlash asoslari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini ishlab chiqadi va olib boradi;
oʻqitishni tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy kampaniyalar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, jamoat maslahatlashuvlarini oʻtkazadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda xalqaro va xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-tahliliy materiallarni oʻrganadi va tayyorlaydi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha ilmiy-texnik grant va loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadi, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki samaradorligini ilmiy tahlil qiladi va baholaydi;
noshirlik faoliyatini olib boradi, „Demokratlashtirish va inson huquqlari“ ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari boʻyicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi;
j) inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
Inson huquqlari boʻyicha BMT Oliy komissari boshqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan inson huquqlariga rioya qilish, ularni himoya qilish va ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini xalqaro tashkilotlarda ilgari surish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, boshqa nohukumat huquqni muhofaza qilish tashkilotlari ishida qatnashadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi;
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi va hisobot hamda kelgusi harakatlar masalalari boʻyicha tajriba almashadi;
davlat organlarini inson huquq va erkinliklarining samarali himoyasi borasidagi xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyot bilan tanishtirish maqsadida xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro va (yoki) mintaqaviy tadbirlar tashkil etadi;
inson huquqlari sohasida qonunchilik, taʼlim va maʼrifiy masalalarni takomillashtirish, davlat organlarining huquqni qoʻllash faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishni tashkillashtirish yuzasidan tajriba almashish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.

  1. „Aloqa“. 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.