Ingichka seylon lorisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loris tardigradus tardigradus 001

Ingichka seylon lorisi- Primatlar turkumiga mansub. Bu turkumga maymunlar, martishkalar, lorilar, uzuntovonlilar va lemurlar kiradi, 200 ga yaqin turi boʻlib, ular nisbatan katta bosh miyaga ega va yangi koʻnikmalami tez oʻzlashtiradi. Koʻp primatlarning qoʻl kaftidagi bosh barmogʻi odamlarniki kabi chetroq joylashgan: u kaft boʻylab koʻndalang harakat qila olishi, kaftni musht holatiga keltirish va turli jismlarni mahkam ushlash imkonini beradi. Ayrim primatlarda, shuningdek, oyoqdagi bosh barmoqlari ham chetroq joylashgan. Primatlarning asosiy qismi daraxtlarda yashaydi. Ularning oldinga yoʻnaltirilgan koʻzlari esa shoxlar oʻrtasidagi masofani toʻgʻri aniqlashga imkon beradi.

Ingichka seylon lorisi. Oʻlchami: tanasi 18-26 sm; dumi yoʻq. Areali: Janubiy Hindiston, Shri Lanka. llmiy nomlanishi: Loris tardigradus. Ingichka seylon lorisi egiluvchan va chetroq joylashgan bosh barmoqlari bilan shoxlarni mahkam ushlab, asta-sekin daraxtlar ichidan oʻta boshlaydi. Hasharotlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va tuxumlar bilan oziqlanadi. U oʻz oʻljasiga seziltirmasdan yaqinlashib, ushlab oladi.

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorislarning ijtimoiy ierarxiyasida ayollar ustunlik qiladi. Urgʻochi loris 10 oyda jinsiy yetuklikka erishadi va yiliga ikki marta erkak bilan juftlashadi. Juftlanish shoxlarda teskari sodir bo'ladi, shuning uchun asirlikda qizil lorislar mos keladigan novdalar mavjud bo'lmaguncha ko'paymaydi. Homiladorlik davri 166-169 kunni tashkil qiladi, shundan so'ng urg'ochi 1-2 bola tug'adi va uni 6-7 oy davomida oziqlantiradi. Yovvoyi tabiatda bu turning umri taxminan 15-18 yil, deb taxmin qilinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. „Wildlife trade creating “empty forest syndrome” across the globe“
2. „Asia’s biodiversity vanishing into the marketplace“ (Wayback Machine saytida 2012-04-07 sanasida arxivlangan) 6-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. 1. "Hayvonot olami" ensiklopediyasi