Imperiyaning qayta tiklani-shi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imperiyaning qayta tiklani-shi. Shimoliy Italiya feodallarining oʻzaro urush-janjalla-riga aralashib, Otton I Italiyaga 951 yilda qoʻshin tortib bor-di. U Paviya shahrini oldi, shimoliy Italiya knyazlaridan bir nechtasini tor-mor qilib, Provans bilan Italiya koroli Lotar-70 ning beva qolgan xotini — korolicha Adelgeydaga uylandi. Ger-maniyaning shimoliy Italiyaga taʼsiri va german korollari- ning Italiya siyosati deb atalmish siyosati ana shundan bosh- landi.961 yilda Otton Italiyaga yana yurish qildi. Bu safar Otton-ni yigirma ikki yoshli papa Ioann XII yordamga chaqirgan edi, bu papaga uning oʻz vassallari — rim baronlari xavf solayotgan edi. Karl Buyuk oʻlgandan keyin kuchaygan va IX asrning oʻrtalari-da diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatdan ustun turadi 1 degan nazariyani chiqqan papalikning oʻzi endi Italiyada feo- dallashuv protsessining yanada kuchayishi munosabati bilan qat-tiq krizisga uchrab, korol hokimiyatining yordamiga muhtoj boʻ-lib qolgan edi. Otton I Rim feodallarini bostirib, papani taxtga oʻtqazdi. Bunga minnatdorlik bildirib, papa 962 yilning byushida Ottonga imperatorlik tojini kiygizdi. Shunday qilib, yangi «imperiya tiklandi». Shu narsa xarakterliki, ilgari Karl Buyuk boʻlgani singari, bu safar ham Otton Rim imyeratori deb eʼlon qilindi (ilgari Karl Buyuk ham Rim imperatori deb eʼlon qilingan edi). Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim im-periyasi» deb nom berildi. Faqat keyinroq borib, XII asrdagina bu iboraga ikki soʻz qoʻshilib, «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» 2 deb ataladigan boʻldi.Deyarli butun Italiya ustidan nazorat qilish huquqini bera-digan imperatorlik unvonining qabul qilinishini Otton va uning atrofidagilar eng katta gʻalaba deb hisobladilar. Haqi-qatda esa german korollarining Italiyadagi siyosatida chuqur ziddiyatlar bor edi. Italiyada nemis feodallariga juda ham nafrat bilan qarar edilar. 964 yilda imperator Italiyada yoʻq vaqtida vafot etgan Ioann XII oʻrniga Otton tomonidan tayin-langan yangi papani tanishdan Rim bosh tortdi. Keyingi yili Otton yana Italiyaga kelganda Rimni qattiq hujum bilan zoʻrgʻa oldi. «Abadiy shahar»ning tevarak-atrofi va butun Rim oblasti juda qattiq talanib, xarobazorga aylantirildi. Italiya yil-nomachilaridan biri bu voqeani quyidagicha tasvirladi: «Shoʻ-ring qursin, Rim. Qancha-qancha xalqlar seni oyoq osti qilib,ezib keldi. Endi senga sakson koroli ega boʻlib oldi. Farzand-laring qilich zarbalaridan halok boʻldi. Kuch-quvvating koʻkka sovurildi. Oltin, kumushlaringni ajnabiylar hamyoniga solib olib ketmoqda». Shu bilan bir vaqtda Vizantiya bilan arablar ham yangi imperatorga qarshi zdi, ular oʻzlarining Italiyadagi taʼsirini yangi kelgindilarga berib qoʻyishni istamas edilar.Ugʻli Otton II ni Vizantiya malikasi Feofaniyaga uylantirib, Otton I Vizantiya bilan boʻlgan munosabatlarini birmuncha vaqt- gacha yaxshilab olishga muvaffaq dan boshlangan edi). Genrix III Chexiya knyazi slavyan Brjetislavni oʻziga vassal tarzida qaram qilib oldi (1041). U Polsha bilan Vengriyaga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Germaniyada Frankoniya yerlaridan tashqari, imperator Bavariya va Shvabiya gersoglari-ni hamda janubi-sharqda yangi bir gersoglikni — Karintiyani ham bevosita nazorat qilar edi. Faqat Saksoniya, Lotaringiya za Burgundiyagina ilgarigi avtonomiyalik holatini saqlab qol- gan edi. Biroq Genrix III Saksoniya gersogligi ustidan nazorat oʻrnatishga intilib, bu gersoglikda ham mustahkam korol qasr-lari qurdi. Genrix III koʻpayib borayotgan ritsarlarga tayanish bilan birga, oʻz ittifoqchisi boʻlgan cheriov xizmatlaridan foy- dalanishni ham davom ettirdi. Papalarni ham uning oʻzi tayin-lardi va shu bilan birga, papalar koʻpincha nemis yepiskoplari-dan boʻlardi. Lekin Frankoniya dinastiyasi idora qila boshlagan davrda imperiyaning yuksalishi va markazlashtirish sohasida erishil- gan baʼzi muvaffaqiyatlar dunyoviy va ruhoniy zodagonlar oʻr-tasidagi kurash natijasida barbod boʻldi. Genrix III ning oʻgʻ-li — Genrix IV zamonida (1056—1106) imperator bilan papa-lar oʻrtasida uzoq davom etgan qattiq kurash boshlandi, bu kurash german feodallarining Italiyadagi bosqinchilik avan-tyuralari natijasida ogʻirlashib ketdi va bu hol oqibat-nati- jada imperator hokimiyatini zaiflashtirib yubordi.

Manba.[tahrir | manbasini tahrirlash]

В.С.Смёнов урта асрлар трихи[1]

  1. В.С.Смёнов урта асрлар трихи.