Imod Faqih Kirmoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imod Faqih Kirmoniy (1310 – Kirmon – 1371) – fors-tojik shoiri.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirmon, Sheroz va Yazd madrasalarida tahsil olgan. Adabiyot bilimdoni sanalgan. Shayx Ozariy “Javohir ul-asror” (“Sirlar javohiri”) va Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida uning bilimi, fazilatlari va shoirlik mahoratiga yuksak baho bergan[1][2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imod Faqih sermahsul shoir boʻlib, undan bizga 6 masnaviy va bir devon yetib kelgan. Ijodiy merosi 16 ming baytdan iborat. Dostonlari “Tariqatnoma”, “Safonoma”, “Suhbatnoma”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma” (“Oʻn noma”), “Tuhfat ul-ixlos” (“Ixlos tuhfasi”) deb nomlangan. Ularning barchasi irfoniy mavzuda. Ijodiy merosida gʻazal asosiy oʻrin egallaydi. 26 qasida, 107 ruboiysi ham bor.

Navoiy eʼtirofi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”da yozishicha, Imod Faqih vajd-u hol sohibi, xonaqoh va muridlariga ega, samoʼ suhbatiga moyil boʻlgan. Makka safariga ketayotib, Sherozda Hofiz Sheroziy bilan uchrashgan va duo olgan. Hajdan qaytgunicha shuhrati olamni tutgan emish[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shayx Ozariy. Javohir ul-asror. 
  2. Davlatshoh Samarqandiy. Tazkirat ush-shuaro. 
  3. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  4. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat.