Ilek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilek
Tavsif
Uzunligi 623
Maydoni 41 300 km²
Suv sarfi m³/s
Davlat Qozogʻiston va Rossiya
Ilek

Ilek (qozoqcha: Елек, Elek, ruscha: Илек) — Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasidagi daryo. Ural daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 623 km. Havzasining mayd. 41300 km2. Mugʻojar togʻining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi qariyb 40 m3/sek. Dare qayirlari oʻtzor, changalzor va oʻrmonlar bilan qoplangan. Asosan, qordan toʻyinadi. Noyabrning 2-yarmida muzlab, aprel ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xobda. I. sohilida Oqtoʻba sh. joylashgan. I. hav-zasida fosforit konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil