Alisher Ikromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ikromov Alisher Karimovichdan yoʻnaltirildi)

Alisher Karimovich Ikromov (1962. 9.7, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005). 1969-yil otasi uni V.A. Uspenskiy nomli maktabga qo'yadi. P.I.Chaykovskiy nomli Moskva konservatoriyasini tugatgan (1985). Oʻzteleradiokompaniyasining musiqali koʻrsatuvlar bosh tahririyatida muharrir va boʻlim mudiri (1985—1989), Estrada-simfonik orkestrida pianinochi-konsertmeyster (1990-95), dirijyor (1995), badiiy rahbar va bosh dirijyor (1996-yildai). "Sado" ansamblida musiqa rahbari (1989—90). Oʻzbekiston konservatoriyasi (2004-yildan) va Sanʼat instituti (2005-yildan)da pedagog. I. akademik va estrada yoʻnalishlarida ijod qilib "Buyuk Temur" operasi, "Umar Xaysm" moio-operasi, "Temuriy malikalar" tsle-baleti, 2 operetta, teatr spektakllari (40 dan ortiq) va kinofilmlar uchun musiqalar, simfonik va kamer musiqa asarlari (jumladan, vokal-turkumlari, fortepiano uchun 24 prelyudiya va boshqalar), shuningdek, 250 dan ortiq estrala qoʻshiqlari, estrada aranjirovkalarini yaratgan.