Ikki urugʻpallali oʻsimliklar
Ikki pallali oʻsimliklar, ikki urugʻpallalilar (Dicotyledones) — yopiq urugʻli (gulli) oʻsimliklar sinfi. Ular ikki urugʻpallali murtakka ega (nomi shundan). Barglarining toʻrsimon tomirlanishi, poya va ildizlarida alohida toʻqima-kambiy boʻlishi va koʻpincha, gullari 5 yoki 4 aʼzoli tipdaligi bilan tavsiflanadi, kambiy poya va ildizlarning yoʻgʻon tortishini taʼminlaydi. Ular oʻtlar, daraxtlar, butalardan iborat. I.p.oʻ. gulli oʻsimliklarning 360—370 ta oilasiga mansub 175 mingdan ortiq turini oʻz ichiga oladi. I.p.oʻ.ning hali hamma tomonidan qabul qilingan umumiy sistemasi yoʻq, ularning kelib chiqishi va filogenetik bogʻlanishi aniqlanmagan. I.p.oʻ. tuproq va iqlim sharoiti har xil boʻlgan juda koʻp joylardaoʻsadi. I.p.oʻ.ning katta-kichikligi, shakli, morfologik-anatomik tuzilishi, shuningdek, koʻpayish organlarining tuzilishi nihoyatda xilma-xil.
I.p.oʻ. Yer sharining hamma joyida uchraydi. I.p.oʻ. orasida kartoshka, noʻxat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, gʻoʻza, kungaboqar kabi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |