Ibrohim aminiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(to‘liq ismi: Amir Sadriddin Sulton Ibrohim Aminiy; taxm. 1478-1535) shoir, tarixchi, mansabdor. Xondamirning so‘zlariga qaraganda Movarounnaxr bilan tamom Xurosonga mashhur bo‘lgan o‘qimishli, mansabdor oilasidan chiqqan. Yoshlik kezlarida Sulton Husayn Boyqaroning  o‘g‘li Muzaffar Husaynga mulozim bo‘lgan, 1504 yili sadrlik lavozimiga tayinlangan. Hirot Shayboniyxon tarafidan ishg‘ol etilgan (1507 y.) dan keyin Ibrohim Aminiy temuriylar xizmatida bo‘lgan ko‘pchilik mansabdor qatori ta’qib ostiga olindi va yer – suvi va mol-mulki qaytarib berildi. O‘shanda Ibrohim Aminiy Safaviylarning Hirotdagi hokimi xizmatiga qabul qilingan bo‘lishi mumkin. 1520 yili u Kazvinga bordi va shoh Ismoilning xizmatiga kirdi. Shoh unga o‘zining harbiy yurishlari va istilolari tarixini yozishni topshirdi. Lekin asar bitmay qoldi – 1535 yilning 21-iyun kuni Shayboniylarning Garchistondagi hokimi Bayrom o‘g‘lonning Hirotga qilgan hujumini qaytarish chog‘ida jangda xalok bo‘ldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).