Ibnul A’lom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali ibn Husayn Abul-Qosim Alaviy Ashraf ash-Sharif al-Husayniy, (arab. ابن الأعلم الشريف الحسيني) – X asrda yashab o‘tgan musulmon astronomi va munajjimi boʻlgan (Bag‘dodda vafot etgan, 985- yil)[1].

Ibnul A’lomning hayoti haqida juda kam ma’lumotlar mavjud va uning tug‘ilgan yili tarixchilar tomonidan aniqlanmagan. U X asrning eng ko‘zga ko‘ringan astronomlaridan biri bo‘lib, bu uning islom va Vizantiya astronomiyasiga ta’sirida namoyon bo‘lgan. U Bag‘dodda faoliyat yuritib, buvayhiylar hukmdori Adud ad-Davla (978–983) homiyligida ishlagan. Ibnul A’lomning asosiy asari “az-Zij ash-Sharifiy” yoki “az-Zij al-Bag‘dodiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan zij asaridir. Asar uning homiysi sharafiga “az-Zij al-Adudiy” deb ham ataladi. Asar yo‘qolgan, ammo olimlar uning katta qismini arab, fors va yunon manbalaridan qayta tiklashga muvaffaq bo‘lganlar[2].

X asrda yashagan misrlik mashhur astronom Ibn Yunus[3] Ibnul A’lomning zamondoshi bo‘lib, uning ijodini yuqori baholagan va undan iqtibos keltirgan. Ibnul A’lom 985-yilda vafot etganidan so‘ng, uning ta’siri kamida uch asr davomida saqlanib qoladi, buni Marog‘ rasadxonasining jadvallarida ham ko‘rish mumkin. Ushbu jadvallar asosan uning va misrlik astronom Ibn Yunusning ishlariga asoslangan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. الزركلي, خير الدين. الأعلام - ج 4 : عبد السلام بن الحسين - علي بن محمد (in Arabic). IslamKotob.
  2. "Ibn al-Alam". islamsci.mcgill.ca.
  3. "In Memoriam of Aydin Sayili: Biography and Account of his Scientific Activity | Muslim Heritage". muslimheritage.com.